Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.09.2016

Skoda yirik Kodiaq krossoverini taqdim qildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 75
Skoda yirik Kodiaq krossoverini taqdim qildi

Kuni kecha Berlinda Skoda kompaniyasi o‘z tarixidagi eng yirik krossoverni namoyish qildi. Autonews.ru nashrining xabar berishicha, Kodiaq nomli ushbu krossover 2017 yildan Rossiya bozorida sotuvga chiqariladi.

Yangi krossover shu yilning bahorida Jeneva avtosalonida ko‘rsatilgan VisionS kontseptining bazasida yaratilgan. Kodiaq diodli optika, spoyler, katta radiator panjarasi va plastik qatlamli eshiklar himoyasi tizimi bilan ta’minlangan. Yangi krossoverning uzunligi – 4,7 m, yukxonaning maksimum hajmi – 2 065 litr. Ta’kidlash kerak, Kodiaq o‘z tasnifidagi eng yirik yukxonaga ega modellardan hisoblanadi.

Avtomobilga Apple CarPlay va Android Auto servislarini qo‘llab-quuvatlaydigan, Google navigatsiya hamda Wi-Fi router ko‘zda tutilgan Skoda Connect multimedia tizimi o‘rnatilgan.  Kodiaq saloni xuddi Superb avtomobilining intereri kabi diodli fon bilan yoritiladi. Shuningdek, klimat-kontrol va asboblar paneli ham mazkur avtomobildan ko‘chirilgan.

Skoda Kodiaq Volkswagen Tiguan kabi takomillashtirilgan MQB platformasida tayyorlangan. Krossover 5 xil motor (3 ta benzin va 2 ta dizel) variantlarida taqdim etiladi. Modelning oddiy komplektatsiyasiga 1,4 TSI (125 ot kuchi) dvigateli va olti pog‘onali mexanika o‘rnatiladi. Eng kuchli versiya esa 2,0 litrli 180 ta ot kuchiga ega turbo motor bilan ta’minlanadi. Ushbu versiyadagi motor robotlashtirilgan DSG7 korobka yordamida boshqariladi.

Boshlang‘ich dizelli versiyaga 2,0 litrli 150 ta ot kuchiga ega bo‘lgan agregat (DSG7 bilan birga) o‘rnatiladi. Aynan mana shu ko‘rsatkichdagi agregat to‘liq uzatmali variantda ham qo‘llaniladi. Faqat uning ot kuchi boshlang‘ich modelga qaraganda 40 taga oshiriladi.

Skoda Kodiaq avvalgi modellarga tatbiq etilmagan bir qator yangi funktsiyalarga ega bo‘ladi. Masalan, bamperni oyoq bilan siltash orqali beshinchi eshikni yopish yoki smartfonlarni simsiz zaryadlash texnologiyasini bunga misol qilish mumkin. Shuningdek, buyurtma asosida krossoverga uchinchi qator o‘rindiqlari ham o‘rnatilishi mumkin.

Manba: Carzone.uz

Teglar: Skoda

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar