Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.09.2016

Porsche Macan: eng kuchli versiya taqdim etildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 64
Porsche Macan: eng kuchli versiya taqdim etildi

Nemis avtokontserni jahon bozoriga Performance to‘plamiga ega yangi Macan Turbo krossoverini chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi top-versiyaga 3,6 litrli, 440 ot kuchiga ega (aylanish momenti – 600 Nm) V6 rusumidagi biturbo motor o‘rnatiladi. Bu oddiy Porsche Macan Turbo modeliga qaraganda 40 ta ot kuchi va 50 Nm ko‘rsatkichga ko‘proqdir.

Yangi Porsche Macan Turbo Performance 4,4 soniyada 100 km/st tezlikka erisha oladi, maksimum tezligi – 272 km/st. Bunda oraliq tezlikka erishish uchun (80 km/soatdan 120 km/soatgacha) 2,9 soniya sarflanadi.

Porsche Macan: eng kuchli versiya taqdim etildi

Kuchli agregatdan tashqari yangi Porsche Macan Turbo 15 millimetrga pasaytirilgan klirens, yangi tormoz tizimi, sozlanadigan sport podveskasi va Sport Chrono to‘plamiga ega bo‘ladi. Old tomondagi g‘ildirak o‘qlariga 390 mm diametrdagi tormoz disklari o‘rnatilgan. Bu avvalgi modelga qaraganda 30 millimetrga katta.

Shuningdek, yangi Macan Turbo bilan bir qatorda qo‘shimcha tarzda 21 dyuymli yaltiraydigan qora rangdagi 911 Turbo g‘ildiraklari, PDLS Plus tizimidagi diodli faralar va boshqa elementlarni o‘z ichiga olgan tashqi tyuning to‘plami ham taklif qilinadi.

Porsche Macan: eng kuchli versiya taqdim etildi

Ichki tyuning to‘plamida esa alkantar, karbon va boshqa materiallardan yasalgan qora rangdagi charm interer mavjud.

Avtomobil Rossiyada 6 645 ming rubl (102 000 AQSh dollari) narxida sotiladi. Ayni vaqtda modelga avvaldan buyurtma berish jarayoni boshlangan.

Porsche Macan: eng kuchli versiya taqdim etildi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Porsche

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar