Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.09.2016

Ferrari P4 replikasi 850 000 dollarga baholandi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 79
Ferrari P4 replikasi 850 000 dollarga baholandi

1967 yilda Ferrari kompaniyasi Ford GT’ga javob tariqasida 330 P4 modelini tayyorlaydi. Yangi avtomobil o‘tmishdoshi P3’ga qaraganda bir muncha kuchli va tezkor modelga aylanadi. Avtomobildagi V12 dvigateli 450 ta ot kuchiga ega bo‘lgan (335 kVt). O‘sha yili Ferrari P4 Montsa shahrida o‘tkazilgan poygada g‘alaba qozonadi. Bor-yo‘g‘i to‘rt dona ishlab chiqarilgan mazkur avtomobil markasidagi 3 ta model 1967 yilda Deytonda bo‘lib o‘tgan 24 soatli poygada bir yo‘la faxrli 3 o‘rinni egallashadi. Oradan ikki yil o‘tgach, P4 o‘rnini Ferrari 312 P modeliga bo‘shatib beradi. Yaratilgan to‘rtta nusxa esa kollektsionerlarga sotib yuboriladi.

Ferrari P4 replikasi 850 000 dollarga baholandi

Biroq hozirda eBay auktsionida taklif etilayotgan avtomobil aynan o‘sha nusxalarning biri emas. Auktsiondagi model P4’ning Norwood (AQSh) kompaniyasi tomonidan tayyorlangan replikasidir. Biroq ushbu replikaning ham narxi osmonda. Avtomobilning auktsiondagi boshlang‘ich narxi 850 000 dollar etib belgilangan.

Ferrari P4 replikasi 850 000 dollarga baholandi

Replikaga 500 ot kuchiga ega (372 kVt) Motec elektron bloki bilan ta’minlangan Ferrari 575 V12 motori o‘rnatilgan. Avtomobilning qolgan barcha elementlari 1967 yildagi original  P4 modeliga o‘xshash. Qo‘lda ishlangan xromlangan quvurli po‘lat shassi Entso Ferrarining original dizaynini takrorlaydi. Barcha suyuqlik rezervuarlari alyuminiydan tayyorlangan, tillarang g‘ildiraklar esa magniydan ishlangan. Replika Texasda ro‘yxatda o‘tkazilgan bo‘lib, umumiy yo‘llarda harakatlanishga yaroqli, deb topilgan.

Ferrari P4 replikasi 850 000 dollarga baholandi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Ferrari

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar