Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.09.2016

Mercedes-AMG kompaniyasi Formula-1 bolidi asosida yangi giperkar yaratadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 115
Mercedes-AMG kompaniyasi Formula-1 bolidi asosida yangi giperkar yaratadi

Mercedes-Benz va Mercedes-AMG kompaniyalari jahon bozoriga Formula-1 bolidlaridan olingan 1,6 litrli V6 turbomotor bilan ta’minlangan yangi giperkarni chiqarishni rejalashtirishgan. Evo nashrining yozishicha, ayni paytda yangi sport giperkari dizayn bosqichidan o‘tmoqda. Giperkarning debyuti esa 2017 yilda bo‘lib o‘tadi.

Yangi giperkar Mercedes-Benz W07 Hybrid bolidining dvigateli asosida tayyorlanadi. Ayni paytda mazkur bolidda Lyuis Xemilton va Niko Rosberg turli poygalarda ishtirok etishmoqda.

Taxmin qilinishicha, yangi model agregati bolidni yaratgan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. Shuningdek, motor hajmi 2,0 litrga oshirilishi to‘g‘risida ham turli xabarlar tarqalgan. Giperkarga yangi kompressor, starter-generator, yuqori samaradorlikka ega sovitish tizimi va butunlay yangi uzatmalar korobkasi o‘rnatiladi.

Mercedes-AMG kompaniyasi Formula-1 bolidi asosida yangi giperkar yaratadi

Gidrid motorli avtomobil jami quvvati 160 ot kuchini tashkil qiladigan 3 ta elektr motor bilan ta’minlanib, to‘liq uzatmali tizimda harakatdalanadi. Gibrid agregatlarning umumiy quvvati 1000-1500 ot kuchiga teng bo‘lishi aytilmoqda, shundan ichki yonish motori taxminan 900 ta ot kuchiga ega bo‘ladi. Giperkar soatiga 350 km tezlik bilan harakatlanib, 100 km/st tezlikka 2,5 soniyada erisha oladi.

Mercedes-AMG giperkarining tashqi dizayni  F1 bolidi va LMP1 tasnifidagi poyga prototipi uslubida yaratiladi. Avtomobilning vazni  taxminan 1000-1300 kg atrofida bo‘lib, uning konstruktsiyasida asosan karbon, alyuminiy va boshqa engil materiallardan foydalaniladi. Shuningdek, giperkar to‘liq boshqariladigan shassilar, tyaga vektorini o‘zgartirish tizimi va faol aerodinamik elementlarga ega bo‘ladi.

Mercedes-AMG kompaniyasi Formula-1 bolidi asosida yangi giperkar yaratadi

Yuqorida aytilganidek, avtomobil Mercedes-AMG kompaniyasining 50 yillik yubileyi arafasida keyingi yilda namoyish etilishi mumkin. Kompaniya ushbu giperkarni 50 ta nusxada ishlab chiqaradi. Taxminiy narxi – 4000 000 evro.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Mercedes Benz

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar