Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

Google AQShda Uber va Lyft’ga raqobatchi Waze servisini ishga tushirdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 76
Google AQShda Uber va Lyft’ga raqobatchi Waze servisini ishga tushirdi

Google AQShning San-Frantsisko shahrida Uber va Lyft servislari bilan raqobat qiladigan Waze nomli xizmatni ishga tushirdi. Xizmatga buyurtmalar maxsus ilova yordamida boshqariladi, hozircha servis faqat shaharning markaziy qismida ishlamoqda. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Google kompaniyasi mazkur xizmatning hududini shahar va shahar atrofidagi joylargacha kengaytiradi.

Xo‘sh, Waze servisining o‘ziga xosligi nimada? Hozirda mavjud Uber i Lyft kabi analog servislardan farqli o‘laroq, yangi ilova “taksiga alternativa” emas, balki mijoz boradigan yo‘nalishda hamroh yo‘lovchilarni qidiradi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Waze xizmatidagi narxlar haydovchilarda qo‘shimcha mablag‘ga qiziqish bo‘lmasligi uchun atayin juda arzon qilib belgilangan. Masalan, 54 tsent evaziga 1 milya (1.60934 km) yo‘l bosish mumkin va bu AQSh hududagi eng arzon tarif hisoblanadi.

Shuningdek, Google’ning qayd etishicha, Waze —  bu ortiqcha mablag‘ topishga yo‘naltirilmagan servis. Chunki yo‘lovchilardan olingan yo‘lkira shunchaki yonilg‘iga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashi mumkin, xolos.  Shunday bo‘lsa-da, ekspertlarning aytishi bo‘yicha, ilova kelgusida  Uber va Lyft xizmatlariga jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. Sababi Waze ham boshqa analoglar singari arzon narxda yo‘lovchini A punktdan B punktga etkazishga xizmat qiladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar