Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

Hyundai’ning eng kichik modellaridan biri yangilandi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 106
Hyundai’ning eng kichik modellaridan biri yangilandi

Hyundai kompaniyasi i10 xetchbekining restayling qilingan versiyasi suratlarini internet tarmog‘ida ulashdi.

Modellar qatoridagi eng kichik avtomobillardan birining yangilangan versiyasi sentyabr oyida o‘tkaziladigan Parij avtosalonida ommaga namoyish etiladi.

Hyundai’ning eng kichik modellaridan biri yangilandi

Hyundai i10 modelining dizayniga va texnik parametrlariga bir nechta o‘zgartirishlar kiritilgan. Masalan, avtomobilda yangi bamperlar, yorug‘lik diodli chirog‘lar, 14-dyuymli yangi dizayndagi disklar va yangi ort optika paydo bo‘lgan.

Salonga esa 7-dyuymli sensorli ekranga ega Apple CarPlay va Android Auto servislarini qo‘llab-quvvatlaydigan yangi multimedia tizimi o‘rnatilgan. Modelning qimmatroq versiyalarida standart holatda bo‘ladigan kompleks navigatsiya tizimi va tirbandliklarni monitoring qiladigan xizmatga 7 yillik bepul obunani ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yangi i10 avtomobili old to‘qnashuvlarni bartaraf etadigan va egallangan yo‘l qatoridan chiqish to‘g‘risida ogog‘lantiradigan tizimlar bilan ta’minlangan.

Hyundai’ning eng kichik modellaridan biri yangilandi

Hyundai’ning eng kichik modellaridan biri yangilandi

Motor ko‘rsatkichlari esa o‘zgarmagan. Avtomobil avvalgiday 1,0 va 1,25 litrli dvigatellar, 5 pog‘onali mexanika va 4 pog‘onali avtomat korobka bilan taklif etiladi.

Ushbu xetchbek Hyundai’ning Evropa bozorida sotiladigan eng kichik mashinasi hisoblanadi. Shuningdek, Hindiston, Janubiy-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasining ba’zi mamlakatlarida Hyundai kompaniyasi i10 modelidan biroz qisqaroq Hyundai Eon xetchbekini ham sotuvga chiqargan.

Hyundai’ning eng kichik modellaridan biri yangilandi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Hyundai

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar