Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

Diqqat! o‘quv yili boshlandi: maslahat va tavsiyalar

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 93
Diqqat! o‘quv yili boshlandi: maslahat va tavsiyalar

Mana, issiq yoz fasli o‘tib, sentyabr oyi ham keldi. Maktab va boshqa ta’lim dargohlarida o‘quv yili boshlanish arafasida. Demak, yo‘llarda avtomobillar qatnovi yanada ko‘payadi, bolalar va yoshlarning faolligi yana ham oshadi.

Bunday paytda haydovchilardan yanada sergak tortish, diqqatni oshirish, ota-onalardan esa bolalarni yo‘llarda to‘g‘ri harakatlanishga, ehtiyotkorlikka o‘rgatish talab etiladi. Quyida mana shu maqsadda ota-onalar va haydovchilar uchun bir qator oddiy maslahat va tavsiyalar keltirilgan.

Ota-onalarga tavsiyalar:



Farzandlaringizga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni muntazam uqtirib boring.

Bunda quyidagi holatlarga ko‘proq e’tibor qaratish foydadan xoli bo‘lmaydi:



Uydan chiqib, katta yo‘lga yaqinlashdingmi, shoshma, atrofga nazar sol. Avval chapga, keyin o‘ngga emas, balki oldin o‘ngga, so‘ngra chapga va yana o‘ngga qara. Bolalarga ushbu formulani batafsil tushuntirish, ularda mana shu ko‘nikmani shakllantirish lozim;



Yo‘lni faqat yashil chiroq yongandagina piyodalar yo‘lakcha bo‘ylab kesib o‘tish kerak.



Yo‘lni faqat mashinalar to‘xtagandagina kesib o‘tish lozim;



Futbol o‘ynayotganda, koptok yo‘lga chiqib ketdimi? TO‘XTA! Koptokning ortidan yugurma.



Agar farzandingiz o‘zi mustaqil maktabga qatnasa, u holda maktab boshlanguncha u bilan yuqoridagi tavsiyalarni amalda birga bajarishni unutmang. Sayr qilish paytida har qanday xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan joylarga diqqatingizni qarating.



Ikkinchi punktdagi ishni yana bir marta takrorlang. Faqat bu safar siz emas, balki bolaning o‘zi sizni etaklab borsin. Psixologlarning qayd etishicha, aynan mana shunday rolli o‘yinlar yo‘nalish detallarini eslab qolishga katta yordam berar ekan.



Bolalar yoz oylarida kech uyqudan turishga o‘rganib qolishadi. Shu sababli o‘quv yilining ilk kunlarida bolani ertaroq uyg‘otish lozim. Bola maktabga borayotganda shoshmasdan, yo‘ldagi holatlarga e’tibor qaratgan holda yurishi kerak.

Haydovchilarga tavsiyalar:

Sentyabr oyining ilk kunlarida, ayniqsa, diqqatingizni yanada oshirgan holda harakatlaning. Bolalar yo‘lning istalgan qismidan yugurib chiqishlari mumkin.



Agar bola yo‘lda to‘xtab, sizni o‘tkazib yubormoqchi bo‘lsa, shoshmang. Avval uni yo‘lni kesib o‘tishiga imkon bering. Chunki bola, odatda, kutilmagan paytda yo‘lni kesib o‘tishi mumkin.



Ko‘p qatorli yo‘lda oldinda harakatlanayotgan (o‘ng yoki chap tarafda) avtomobil to‘satdan tezlikni tushirishni boshladi. Shoshmang. Siz ham tezlikni tushiring. Sababi oldindagi avtomobil piyodani o‘tkazib yuborayotgan va siz buni ko‘rmayotgan bo‘lishingiz mumkin. Esda saqlang: bunday holatlarda avval to‘xtash, keyin o‘ylash lozim.



Belgilangan tezlik cheklovlariga rioya qiling. Chunki 30 km/st tezlik bilan piyoda urib yuborilsa, o‘lim xavfi 5%ni, 50 km/st tezlikda esa 40%ni, 65 km/st tezlikda esa 85%ni tashkil qiladi. ShOShMANG!



Agar avtomobilning oyna tozalagichlari yaroqsiz yoki nosoz bo‘lsa, ularni darhol almashtiring. Yomg‘ir tomchilari oynadan ko‘rish imkoniyatini kamaytirib, jiddiy xavfni keltirib chiqarishi mumkin.



Yo‘ldagi suv, loy va xazonlar harakatlanishda xavf tug‘dirishi mumkin. Tavakkal qilmang. Tezlikni tushiring. Bunday yo‘llarda tormozlash masofasi quruq asfaltdagiga qaraganda bir necha marta ko‘p bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Yuqoridagi oddiy, lekin shu bilan birga samarali maslahat va tavsiyalarga amal qilish farzandlarimiz xavfsizligini ta’minlaydi, yo‘llardagi noxush holatlarning oldini oladi. Shoshmaylik! Sekin yursak ham manzilga etib boramiz.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar