Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Besh tsilindrli Audi motorlariga 40 yil bo‘ldi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 94
Besh tsilindrli Audi motorlariga 40 yil bo‘ldi

Bundan 40 yil muqaddam, 1976 yilda 5 tsilindrli motorga ega ikkinchi avlod Audi 100 sedani namoyish qilingan edi. O‘sha yili Volkswagen rasmiylari Audi mashinalarini kuchaytirishga qaror qilishadi, biroq 6-tsilindrli motorni yaratish o‘sha paytda murakkab bo‘lgani uchun EA827 tasnifidagi 4-tsilindrli motorga yana bitta sektor qo‘shishga qaror qilinadi.  Yangi 2,1 hajmli motor Bosch K-Jetronic sachratish tizimida ishlagan va 136 ta ot kuchiga ega bo‘lgan. U jahondagi benzinda harakatlanadigan 5-tsilindrli ilk motor bo‘lgan. Dizelli analog esa 1974 yilda Daimler-Benz tomonidan ishlab chiqilgan edi.

1979 yilda Audi benzinda harakatlanadigan qimmatbaho Audi 200 sedanini ishlab chiqarishni boshlaydi. Modelga 2,1 hajmli KKK turbokompressoriga ega, 170 ta ot kuchi bilan quvvatlangan 5-tsilindrli motor o‘rnatiladi.

Besh tsilindrli Audi motorlariga 40 yil bo‘ldi

Keyinchalik bunday motorlar Audi 80/90 modellariga va to‘liq uzatmali mashhur Audi quattro kupesiga ham o‘rnatiladi. Aynan Audi quattro’ning sport versiyasida har bir tsilindr uchun 4 klapanli blok kallaklari paydo bo‘ladi.

Keyinchalik “beshlikning” hajmi 2,5 litrgacha oshdi, shunday motor bilan ta’minlangan, Porsche kompaniyasi tomonidan yaratilgan Audi RS2 Avant modeli esa 315 ta ot kuchiga ega bo‘ldi.

Besh tsilindrli Audi motorlariga 40 yil bo‘ldi

Vaqt o‘tib, 1991 yilda yangi avlod Audi 80 sedanida V6 nomli 6-tsilindrli motor tanishtiriladi. Bu esa 5-tsilindrli motorlarning kamayishiga va 1997 yilda ularning tugatiliishga olib keladi.

“Beshlik”ning ikkinchi tug‘ilishi to‘satdan yuz bergan. 2005 yilda Amerika bozori uchun 5-tsilindrli 2,5 l hajmga ega motor bilan ta’minlangan Volkswagen Jetta, Golf/Rabbit va Passat modellari ishlab chiqarildi. Shuningdek, ikki eshikli baquvvat Audi TT RS (340 ot kuchida) uchun ham aynan mana shu ixcham va kuchli agregatdan foydalanilgan.

Besh tsilindrli Audi motorlariga 40 yil bo‘ldi

Ayni paytda bu kabi motorlar Audi RS 3 Sportback va Audi RS Q3 avtomobillariga o‘rnatilmoqda. Yangi avlod Audi TT RS uchun esa yangi agregat yaratilgan (biroq ish hajmi o‘zgarmagan – 2480 kub), karter va boshqa detallar alyuminiydan tayyorlangan, yangi turbokompressor va samarali interkuler o‘rnatilgan. Modelning yangi avlodi 400 ot kuchida harakatlana oladi.

Qizig‘i shundaki, aynan noaniq tovush va ixcham hajm besh tsilindrli motorlarning yagona afzalligidir. Moment kuchining teng taqsimlanmaganligi, dvigatel blokining moment kuchini qaytarishda etarli darajada baquvvat emasligi va keraksiz tebranish bunday motorlarning kamchiligi hisoblanadi.

Besh tsilindrli Audi motorlariga 40 yil bo‘ldi

Shuning uchun bo‘lsa kerak, Audi’dan tashqari faqat Ford kontserni 5-tsilindrli motorlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi (Ranger pikapi va Transit seriyasidagi avtomobillarga 3,2 litr hajmdagi besh tsilindrli dvigatellar o‘rnatilgan). Biroq avvalroq Volvo, Land Rover, Fiat, Honda, General Motors va hatto SsangYong kabi brendlar turli paytlarda bunday motorlardan foydalanishgan. Tahlillarga ko‘ra, Audi “beshlik” agregatlardan hali-berii voz kechmoqchi emas. Joriy 2.5 TFSI indeksidagi ana shunday motor Audi R8 superkarida paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Audi

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar