Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Audi: flagman elektrokar haqida yangi tafsilotlar

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 84
Audi: flagman elektrokar haqida yangi tafsilotlar

Yangi Audi A9 e-tron elektrokari Tesla Model S’ning bevosita raqobatchisiga aylanadi va 2020 sotuvga chiqariladi. Bu haqda nemis kompaniyasining rahbari Rupert Shtadlerga tayanib, Autocar nashri habar bergan.

Yangi Audi A9 e-tron premium segmentdagi avtomobil sifatida elektrokarlar qatorida yuqori o‘rinni egallaydi. Shtadlerning aytishicha, elektrokar Audi A8 singari premium darajada pozitsiyalanadi. Premium elektrokar bilan bir qatorda  Audi Q6 e-tron nomli krossoverning yaratilishi ham ko‘zda tutilgan. Ikkala avtomobil bir xil platforma asosida tayyorlanadi. Yangi sedan uchta elektr motorga ega bo‘ladi: ulardan biri old g‘ildiraklar harakatiga javob bersa, qolgan ikkitasi orqa g‘ildiraklarni aylantiradi.

Hozircha Audi A9 e-tron modelining texnik parametrlari haqida biror ma’lumot berilmagan. Biroq  Audi Q6 e-tron krossoveridagi motorlar to‘plami oddiy rejimda 435 ta ot kuchini hosil qilgan. Kuchli rejimda avtomobil quvvati 503 ta ot kuchiga oshirilgan. Flagman elektrokarning motor ko‘rsatkichlari ham krossovernikiga o‘xshash bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Audi rahbari elektrokar bir zaryadlanishda 500 km masofa bosishini tasdiqlagan. Audi A9 e-tron 60 km/st tezlikda harakatlanganda, pilotsiz boshqaruv rejimi avtomobilni avtonom ravishda boshqarishi mumkin.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Audi

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar