Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Avtomobilda uzoqlikka sakrash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi (Video)

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 85
Avtomobilda uzoqlikka sakrash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi (Video)

Amerikalik pilot Brays Menzis Pro2 markasidagi poyga pikapida 115, 64 metr uzoqlikka sakrab, bundan avvalgi jahon rekordini yangiladi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Menzis ushbu rekordni yangilashni uzoq yillar davomida rejalashtirgan va  shu yilning bahoridan boshlab mazkur tryukka tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. O‘tgan to‘rt oy mobaynida poygachi va uning jamoasi Pro2 avtomobilining podveskasini sozlash va mos tramplinni aniqlash maqsadida AQShning San-Diego shahrida juda ko‘p sakrashlarni amalga oshirishgan.

Avtomobilda 115, 64 metr uzoqlikka sakrash Nyu-Meksiko shtatidagi tashlandiq shaharlardan birida bo‘lib o‘tgan. Poygachi mazkur natijadan ilhomlanib hatto o‘zining rekordini yangilashga harakat qilgan. Biroq ikkinchi urinishda u elkasini sindirib olgan. Shunday bo‘lsa-da, birinchi urinishda o‘rnatilgan natija Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun etarli bo‘lgan.

Avtomobilda uzoqlikka sakrash bo‘yicha bundan oldingi rekord amerikalik Tanner Fostga tegishli bo‘lgan. U 2011 yilda Indianapolis poygasi arafasida 101,2 metrli natijani qayd etgan. 2014 yilda Fostning rekordini frantsuz Gerlen Shisheri yangilashga harakat qilgan. Ammo uning urinishi jiddiy avtohalokat bilan yakun topgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar