Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

AvtoVAZ xetchbek kuzovli Lada Vesta modelidan voz kechadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 65
AvtoVAZ xetchbek kuzovli Lada Vesta modelidan voz kechadi

AvtoVAZ xetchbek kuzovli Lada Vesta modelining yangi versiyasini ishlab chiqmaydi. Bu haqida “Avtosreda” nashri xabar bermoqda. Kompaniya bunday modelni yaratishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi. Avvalroq yangilangan Lada Vesta 2017 yilning kuz oylarida sotuvga chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.

Kompaniya prezidenti Nikolya Morning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda tayyorlanayotgan Lada Vesta’ning universal versiyasi ko‘plab xaridorlarni, jumladan, xetchbek modelini xush ko‘radigan mijozlarni ham qiziqtirishi mumkin. Universal model, oldin xabar berilgannidek, ikki xil variantda ishlab chiqariladi. Avtomobilning ertanlamas versiyasi Lada Vesta Cross  nomi bilan ataladi va shu yilning sentyabr oyidan boshlab konveyerdan chiqa boshlaydi. Ushbu mashina kompaniyaning Ijevskdagi zavodida yig‘iladi. Saytimizda bir necha kun oldin e’lon qilingan maqolada yozilganidek, avtomobil avvalda old uzatmali tizimga ega bo‘ladi. Keyinchalik esa to‘liq uzatmali modifikatsiya ham ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Ertanlamas modifikatsiyadan tashqari AvtoVAZ Lada Vesta modelining oddiy seriyasini tayyorlashni ham rejalashtirgan. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ushbu model nomiga SW prefiksi qo‘shilishi mumkin.

Vesta markasini seriyali ishlab chiqarish o‘tgan yilning 25-sentyabrida IjAvto zavodida boshlangan. Avtomobil esa sotuvga 24-noyabrda chiqarilgan. Avvalgi oylarda modelning 16 ta klapanga ega motorli versiyasi faqat Rossiya bozorida sotilgan. Avtomobil 1,6 litrli dvigatelda harakatlanadi, 106 ta ot kuchiga ega, aylanish momenti – 148 Nm. Motor 5 pog‘onali frantsuz mexanikasi yoki Kalina, Granta va Priora modellariga o‘rnatilayotgan  robotlashtirilgan AMT korobka yordamida boshqariladi.

Shuningdek, sal keyinroq yanada kuchaytirilgan agregatlar paydo bo‘lgan. H4M alyansiga tegishli 1.6 litrli 114 ta ot kuchiga ega Renault Nissan hamda AvtoVAZning to‘rt eshikli 1,8 litrli 123 ta ot kuchidagi modellarini bularga misol qilish mumkin. Barcha motorlar Evro-5 ekologik me’yorlariga javob beradi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Lada

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar