Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Qamchiq dovoni orqali birinchi yo‘lovchi poezdi o‘tdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 231
Qamchiq dovoni orqali birinchi yo‘lovchi poezdi o‘tdi

Qamchiq dovoni orqali Toshkent – Andijon yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poezdi o‘tdi, bu O‘zbekistonning uzoq vaqt kutilgan orzusi edi, deb Sputniknews-uz.com yozmoqda.

Ushbu loyiha 2013 yilning 18 iyunida, Islom Karimovning «Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini tashkil qilish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi PQ-1985-sonli qarori asosida boshlangan edi.

Uzunligi 123,2 kilometr bo‘lgan yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi va ushbu loyiha doirasida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda uzunligi 19,2 kilometrlik «Qamchiq» tunneli qurib bitkazildi.

Shu o‘rinda Qamchiq dovoni orqali qurilgan temir yo‘l tunel haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish kerak. Ushbu loyiha tog‘li hududda, o‘ta murakkab sharoitda qurib bitkazildi. Tunnelning kirish va chiqish qismlari orasida 141 metr balandlik farqi bor. Tunnel murakkab relefli tog‘ qatlamlari orasida, er stahidan 1200 metr chuqurlikida o‘tgan. Ushbu tunnel aynan shunday sharoitda qurilgan tunnel dunyoda yagona tunnel bo‘ldi.

«Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurib foydalanishga topshirilishi Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning boshqa xududlari bilan bog‘ladi va yagona milliy temir yo‘llar tizimi yaratish borasidagi rejalarni to‘liq amalga oshirishga zamin yaratdi.

Loyiha belgilangan muddatidan 4 oy ilgari yakunlandi. Temir yo‘l qurilishi davomida 285 sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 km ni tashkil etuvchi 13 ta temir yo‘l ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgichi (puteprovod) 4 ta stantsiya va 2 ta vokzal qurib bitkazildi.

Yo‘l qurilishida 3 ming nafar mahalliy quruvchi va muxandislar hamda 1000 nafar xitoylik mutaxassislar ishlashdi. Yangi temir yo‘l 1500 kishini doimiy ish bilan ta’minladi.

“Angren – Pop” yo‘ldan yuk tashuvchi poezdlar hakarati 11 iyuldan boshlangan edi. Shu bugunga qadar Qamchiq tunneli orqali 500 ming tonnadan ortiq yuklar Farg‘ona vodiysiga va vodiydan respublikaning boshqa xududlariga etkazib berildi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar