Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 518
Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

3-13-840×450

[/i]Share to Facebook [/i]Share to Twitter [/i] [/i] [/i] [/i]

Tech Insider nashri taniqli futurolog Yan Pirsonning yaqin kelajakda sodir bo‘ladigan texnologik o‘zgarish va innovatsiyalar haqidagi qarashlarini e’lon qildi. Ushbu futurologning shu vaqtga qadar avvaldan aytgan qarashlarining 85 foizi real hayotda tatbiq etilgan, o‘z isbotini topgan. Quyida e’tiboringizga Yan Pirsen aytgan, 2050 yilga qadar sodir bo‘lishi kutilayotgna futurologik fikr-mulohazalarni bayon qilamiz.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

Keyingi 2 yil orasida buyurtmalarni bizga dronlar etkazib berishadi.

Amazon kompaniyasining gibrid imkoniyatli dronlari haqida ko‘p gapirilmoqda. Ochig‘ini aytganda, bugun texnik jihatdan buyurtma etkazib berish salohiyatiga ega dronlar allaqachon ishni do‘ndirishga shay turishibdi. Bu erda gap ularning faoliyatini qonuniylashtirishda. Hozircha dronlar faoliyatini to‘liq huquqiy asoslagan mamlakat yo‘q. Pirsonning fikriga ko‘ra, 2018 yildan boshlab samoda uchuvchisiz qurilmalar parvozi odatiy holga aylanadi. Jumladan, tibbiy muassasalarga dori-darmon etkazib berishda ulardan keng foydalaniladi.

Shu bilan birga, futurologning qayd etishicha, hukumat dronlarning juda ommalashib ketishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Bu vaqtda ular faqatgina muhim ishlarni amalga oshirishda safarbar etiladi. Ammo, mutaxassis pitstsa tashiydigan dronlarni ko‘rish bu yaqin orada nasib etmasligini ham ma’lum qilgan.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

Giperlup orqali qatnovlar keyingi 6 yilda haqiqatga aylanadi.

Giperlup – bosim darajasi past bo‘lgan maxsus quvurlarda soatiga 1200 kilometr tezlik bilan harakatlanishi mumkin bo‘lgan tezyurar pnevmatik poezd.

Shu kunlarda giperlup yuqori tezlikdagi transport tizimi haqidagi xabarlar tez-tez qulog‘imizga chalinmoqda. Jumladan, joriy yilning may oyida ushbu g‘oya muallifi bo‘lgan kanada-amerikalik milliarder  Ilon Mask Hyperloop One startapining ilk tajribalarini sinovdan o‘tkazdi. Kompaniya, shuningdek, Moskva shahri ma’muriyati bilan ushbu turdagi poezdlarni qurish yuzasidan shartnoma imzolagan.

Pirson hisob-kitobiga ko‘ra, giperlup 5-6 yil ichida shaarlar o‘rtasidagi yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshiradi.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

2025 yilda robotlar odam singari fikrlay boshlaydilar.

Pirson, shuningdek, bugun aqlli robotlar yaratishga qaratilayotgan sa’y-harakatlarni ham nazardan qochirmagan. Uning taxminlariga ko‘ra, 2025 yildan boshlab fikrlash darajasi odamnikiga teng bo‘lgan elektron mashinalar paydo bo‘ladi. Hatto bu istiqbol hodisasining bir oz avval – 2020 yilda sodir bo‘lishi ham aytilmoqda.

«Britaniyaning sun’iy intellekt yaratish ustida ish olib borayotgan Google DeepMind kompaniyasi, garchi o‘z maqsadiga to‘la erishmagan bo‘lsa ham, ular to‘g‘ri yo‘lda ekani hamda 2020 yildan boshlab bu loyiha o‘z samarasini berishiga ishonchim komil. Ular ustida ish olib borayotgan mashina fikrlash jihatidan insondan o‘zib ketadi va o‘zining shaxsiy tafakkuriga ega bo‘ladi», — deydi ekspert. «Bu – ehtimol, insoniyat hukmronligining yakuniy nuqtasi va kelajakning intihosi bo‘lishi ham mumkin, so‘zlarim jiddiy».

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

2030 yilda ilk inson Mars sayyorasiga qadam bosadi.

Bilamizki, amerikalik milliarder Ilon Mask 2030 yilga qadar Marsda o‘zining ilk shaharchasini bunyod etishga kirishgan. Joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan Vox’s Code Conference Mediya va texnologiya anjumanida janob Mask 2024 yildan Qizil sayyoraga odam jo‘natishni boshlashini e’lon qilgan.

«Ayni shu yillardan dastlabki insonlar guruhi Marsga ucha boshlaydilar. Robotlar esa ular uchun yangi sharoitda kerakli imkoniyat va moslamalarni yaratadilar», — deydi Pirson. «Er sayyorasidan shuncha lash-lushlarni olib ketish uchun biz ulkan robotlarga ehtiyoj sezamiz».

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

Yaqin 10 yil ichida protez a’zolar harakatlanuvchi tizimga ega bo‘lib, imkoniyati cheklangan insonlarga yordam beradi.

2025 yildan keyin qo‘l-oyog‘idan mahrum insonlar ham yuqori texnologiyali protezlar tufayli sog‘-salomat insonlar kabi harakatlana boshlaydilar. Bugungi kunda 25 yoshli, biroq yuqori tajribaga ega biolog Jeyms Yang tashqi yoritish tizimi va buyruqlarni amalga oshiradigan sun’iy qo‘llar yaratish ustida izlanish olib bormoqda. Frantsiyalik imkoniyati cheklangan rassom yaratgan tatuirovka chizish moslamasi esa mazkur fikrning yorqin dalili.

Pirsonning tasdiqlashicha, sun’iy qo‘l-oyoqlar tokim tana va texnologiya o‘rtasidagi maksimal uyg‘unlik hosil bo‘lganiga qadar davom etadi. Misol uchun, kun kelib xohlovchilar kuchli oyoqlarga ega bo‘lish uchun kibernetik implantatlardan foydalanishlari mumkin bo‘lar ekan.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

10 yil ichida kiyim-kechak bizga yuqori imkonityalarni beradi.

Pirsonning qayd etishicha, kelajakda sodir bo‘ladigan eng ajabtovur hodisalardan biri — ekzoskelet, ya’ni inson imkoniyatlarini oshiradigan elektron karkas bo‘ladi. Bir muddat avval xuddi shunday kostyum Hyundai kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan edi. Uni kiygan inson og‘ir yuklarni ham bemalol ko‘tarib yura oladi. Ayniqsa, keksayib qolganlar uchun bu aqlli karkaslar ayni muddao.

Shu bilan birga, futurolog kelajakda yurish va yugurishga yordam beradigan yanada ilg‘or va texno-kiyimlarning ommaviy ishlab chiqarilishini aytmoqda. Misol uchun, polimer xomashyosidan tayyorlangan O‘rgimchak-odamning kostyumi. U insonning jismoniy kuchini oshiradi.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

10 yil orasida virtual voqelik kitob-darsliklar o‘rnini egallaydi.

«Yaqin kelajakda kitoblarga va zerikarli ma’ruzalarga hojat qolmaydi. Endi lektorlar o‘quvchilarini virtual voqelik texnologiyasi yordamida tirik tarix qa’riga, urushlar borayotgan janggohlarga yoki bosha hodisalar jarayoniga olib kiradilar», — deydi Pirson. «Shu bilan birga, kelajak shunday imkoniyatlarni va’da qilmoqdaki, o‘quvchilar bilimlarni virtual voqelik yordamida oladilar».

Google Expeditions loyihasi va qator ilmiy izlanishlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Hozirdanoq tomoshabinlar Katta Rif qoyasi kabi maftunkor tabiat bag‘riga virtual sayohatni amalga oshirmoqdalar.

Quyida Magic Leap startapi g‘oyasi aks etgan videoni tomosha qiling:

2025 yilga kelib smartfondan foydalanish nihoyasiga etadi.

Pirsonning kelajak qarashlariga ko‘ra, 2025 yilda mobil texnologiya imkoniyatlarining kengayishi natijasida smartfondan foydalanish nihoyasiga etib, odamlar keyingi o‘n yillikdan uning o‘rniga shu vazifani bajaruvchi ilg‘or, virtual ekranga ega braslet va taqinchoqlardan foydalana boshlaydilar. Ayni paytda Magic Leap kompaniyasi olib borayotgan izlanish va loyihalar ana shu kelajakning ibtidosidir.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

O‘z-o‘zini boshqaruvchi transportni 10 yil ichida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Haydovchisiz, «aqlli avtomobil» g‘oyasining amalga oshish-oshmasligi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Pirson ham buning bahsli mavzu ekanini ta’kidlaydi.

Futurolog diqqatini arzon va ijaraga olish mumkin bo‘lgan transport tizimiga qaratadi. Unga ko‘ra kelajakda odamlar o‘zi harakatlana oladigan, yo‘lovchi tashishga moslashgan «po‘lat quti»larni ijaraga oladilar.

Kapsulasimon o‘z-o‘zini boshqara oladigan transport tizimi «aqlli» bo‘lgan murakkab va qimmat avtomobillardan nisbatan tejamkorligi bilan ajralib turadi.

Shunday bo‘lsa ham, bugun juda ko‘plab kompaniyalar mazkur yo‘nalishdagi loyihalarga pul tikishmoqda. O‘z-o‘zini boshqaradigan avtomobillar yaratish ustidagi izlanishlar yaqin 10 yillikda o‘zining natijasini beradi.

Yaqin 20 yilda 3D-nashr etish texnologiyasidan yirik inshootlarni qurishda ham foydalaniladi.

Tasavvur qiling butun boshli villa 3 soatda qurib bitkazilsa! Ammo, yaqin orada bu mo‘’jizaga guvoh bo‘lamiz.

2015 yilda Xitoyning Zhuoda Group kompaniyasi uylarni qurishda 3D-nashr etish texnologiyasini tatbiq etayotganini ma’lum qilgan edi. Bu qurilish muassasasi bir kunda o‘rtacha 10 ta uy qurayotganini ma’lum qilgan. Bu uylar kamida 150 yil xizmat qiladi va yuqori balli zilzilaga bardoshli.

Bugun butun dunyo me’morlari va qurilish kompaniyalari mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirishyapti.

Ushbu videoni tomosha qilsangiz, bu printerlar haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lasiz:

Shuningdek, bu texnologiya uyni tez qurish barobarida uning arzonligini ham ta’minlaydi. Winsun yangiliklar saytining xabar berishicha, yuqorida qayd etilgan Xitoy kompaniyasi har kuni qurayotgan 10 ta uyning har biri uchun $5000 dollar mablag‘ sarflagan. Janubiy Kaliforniya universitetida bir guruh professorlar uyni uning elektrlashgan va suv ta’minoti tizimlari bilan birga qurib bera oladigan ulkan 3D-printerni yaratish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

Pirson shaharlarda aholi sonining o‘sib borishi va bu texnologiya va’da qilayotgan uylarni arzon qurish kelajakda ko‘pchilikni uysizlik muammosidan xalos qiladi.

2030 yildan boshlab uy ishlarini robotlarga ishonib topshirsak bo‘lar ekan.

Shuningdek, ular bilan endi do‘stlik rishtalarini ham bog‘lash mumkin. Sun’iy aql va robototexnikaning taraqqiy etishi natijasida uy sharoitida robotlardan foydalanish qulayligini yaratadi. Ayniqsa, kelajakda insonlarni yolg‘izlik qa’ridan ham aynan robotlar olib chiqishadi.

Odamlar robotlarga kundalik yumushlarini buyurish barobarida ular bilan o‘z dard-hasratlarini ham o‘rtoqlashishlari mumkin bo‘ladi. Aslida bu qarash Sharof Boshbekov tomonidan “Temir xotin”da o‘tgan asrdayoq aytilgan edi.

Toyota kompaniyasi odamlarga uy yumushlariga yordam beradigan robotlarni yaratish bo‘yicha o‘z rejalarini e’lon qilgan edi. Ilk gumanoid robotning taqdim etilganiga esa 10 yildan oshdi.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

2045 yilga qadar virtual platformada yashash mumkin bo‘ladi.

Pirson, shuningdek, bugunning bahsli mavzusi bo‘lgan virtual hayot bilan bog‘liq qarashlarga ham to‘xtalib o‘tgan. Unga ko‘ra nanotexnologiya kelajakda inson miyasini kompyuter platformasiga ulash va virtual Matritsada yashash imkoniyatini beradi. Bunday platformada insonlar jisman emas, ong bilan harakat qiladilar. Go‘yo «Matritsa» filmida bo‘lgani kabi.

«Bugun ilm-fan kelajakda Matritsa platformasini ham yaratish mumkinligini isbotlamoqda. Taxminan 2045, 2050 yillarda inson ongini kompyuterga ulash, ularga virtual hayot taqdim etish mumkin bo‘ladi».

Futurolog fikricha, Ilon Maskning neyronli tarmoq haqidagi fikrlariga o‘xshab ketadi. Neyronli tarmoq — neyron, ya’ni asab tolalaridan iborat simsiz interfeys bo‘lib, u bizning miyamizni raqamli aqlli platformaga ulab qo‘yadi. Bu ayni kunda nanotexnologiya bosh qotirayotgan ilmiy tushuncha.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

2045 yildan boshlab odamlar kiborg-jonzodlarga aylana boshlaydi.

Modomiki 2045 yilda inson miyasini kompyuterga ulash mumkin bo‘lar ekan, unda insoniyat yanada yuqori ilmiy cho‘qqilarni zabt etishga qodir bo‘ladi. Misol uchun, odamlarning avtomatlashgan mashinaga aylanishlari.

Pirson bu texnologiyani ham aynan Ilon Maskning neyronli tarmoq g‘oyasi bilan bog‘lamoqda. Biroq, futurologning taxmin qilishicha, ushbu texnologiya tatbiq etilgani bilan ko‘pchilik hukumatlar buni qo‘llab-quvvatlamaydi va muayyan odamlargagina undan foydalanishga ruxsat beriladi.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

Odamlar 2040 yildan boshlab sun’iy intellekt yordamida uylarni boshqara oladilar.

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, bugunga kelib ko‘pchiligimiz uchun uyni masofadan boshqarish texnologiyasi u qadar ham hayratlanarli eshitilmay qoldi. Smart-uylarni qurishga bel bog‘lagan muassasalar ko‘payib ketdi. Misol uchun, Amazon Echo kompaniyasi ishlab chiqarayotgan qurilmalar orqali chiroqlarni boshqarish va uy holati to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. 2040 yilga qadar biz uyni yoritish va isitish tizimlariga masofadan turib buyruq bera boshlaymiz.

«Sun’iy intellekt uy-joy bo‘yicha muhim ko‘makchiga aylanadi», — deydi ekspert.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

25 yildan so‘ng ulkan imoratlarda kichik shaharcha aholisi soniga teng odamlar yashay boshlaydilar.

Pirson mini-shaharchani eslatadigan imoratlar haqidagi qarashlarini qurilish sohasida ish olib boradigan Hewden kompaniyasi bilan birgalikda bayon qilgan.

Agar futurologga ishonadigan bo‘lsak, istiqbolda ulkan, ko‘p qavatli binolarning har bir qavati alohida mahalla ko‘rinishida bo‘ladi va ularning har bir qavatida alohida mashq zallari, boshqaruv idoralari bo‘ladi.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

2050 yilda barcha qayta tiklanadigan energiyadan foydalana boshlaydi.

Pirsona 2050 yildan boshlab insoniyat mashinalarni harakatga keltirish va turmush sharoitida foydalanish uchun qazilma quvvat manbaalaridan foydalanmaydi. O‘sha davrda, ehtimol faqat samolyotlargina uchishda neft mahsulotlaridan foydalanishi mumkin.

Suvosti kabelli infratuzilmasining takomillashtirilishi davlatlarga Sahroyi Kabir kabi quyoshli cho‘l hududlaridan quyosh quvvatini olib, ishlatish imkonini beradi. Quyosh energiyasining samarali etkazib berish texnologiyasining ilg‘orlashishi qayta tiklanmaydigan resurslarni yo‘q bo‘lib ketishining oldini oladi.

«Men 2030 yilga qadar Sahroyi Kabirda energiya ishlab chiqaradigan yirik elektr stantsiyasining ishga tushishiga ishonch bildiraman», — deydi Pirson.

Shuningdek, uning aytishicha, 2045 yilga qadar yadro energiyasi orqali ham uyni energiya bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Xususan, Xitoyda bir muddat avval bu yo‘nalishda yangi natija qayd etilgan. Unga ko‘ra, Xitoy yadro zavodida harorati quyosh issiqligiga teng bo‘lgan issiqlik olinib, u bir daqiqa vaqtdan ko‘proq ushlab turilgan.

«2050 yilga kelib bugungi foydali qazilma energiya manbaalariga ehtiyoj qolmaydi», — deydi  futurolog.

Dunyo 2050 yilda: Taniqli futurologning 17 qarashi

Samoviy sayyohlik 2050 yilda haqiqatga aylanadi. Faqat …

Pirson samoviy turizmni rivojlantirish loyihasi ustida bosh qotirayotgan Jef Bezosning Blue Origin kompaniyasi faoliyatini ham e’tirof etdi. Shuningdek, bu g‘oya ustida Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi ham shug‘ullanmoqda.

«Kimki, samoda nima borligini ko‘rish istagida bo‘lsa, 100 million AQSh dollari evaziga bu orzusiga erishishi mumkin bo‘ladi. Natijada esa u 1 hafta mobaynida orbitada istiqomat qiladi. 2050 yilda bunga faqat boy-badavlat kishilarning qurbi etadi», — deydi futurolog  Yan Pirsen. «Bu narx-navo hali-beri pasaymasa kerak».

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar