Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.08.2016

Singapurda jahondagi ilk pilotsiz taksi ish boshladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 122
Singapurda jahondagi ilk pilotsiz taksi ish boshladi

nuTonomy kompaniyasi jahondagi ilk pilotsiz taksomotorlarni Singapur yo‘llariga chiqardi. Ushbu taksomotorlar pilotsiz boshqarilib, yo‘lovchilarni mustaqil ravishda manzilga etkazishi mumkin.

Associated Press nashrining xabar berishicha, ayni vaqtda nuTonomy parkida jami 6 ta elektr quvvatida harakatlanadigan Renault Zoe va Mitsubishi i-MiEV bazasidagi avtomobillar mavjud. Kompaniya yil oxirigacha ularning sonini 12 tagacha oshirish maqsadida.

Hozircha pilotsiz rejimdagi taksomotorlar 4 kvadrat kilometr maydonda joylashgan One North biznes sektorida harakatlanmoqda. Taksiga buyurtma berish uchun smartfondagi maxsus ilovadan (taksini chaqirish va to‘xtash nuqtasini belgilash maqsadida) foydalanish kerak bo‘ladi.

Agar taksining texnik xususiyatlari to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, taksiga mashina atrofida yuz berayotgan hodisalarni  muntazam kuzatadigan bir qator maxsus kamera va “Lidar” deb nomlanadigan lazerli radarlar o‘rnatilgan. Shuningdek, taksida ko‘zda tutilmagan vaziyatlarni bartaraf etish uchun haydovchi ham yo‘lovchilarga hamrohlik qiladi. Ammo bu loyihaning ilk bosqichida yo‘ldagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bo‘lib, keyinchalik boshqaruvda haydovchi ishtirok etmaydi.

Taksi yaqin orada butun Singapur hududi bo‘ylab xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.  nuTonomy kompaniyasi 2018 yilga kelib faqat mana shunday taksilarda mijozlarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida. Shuningdek, kompaniya bunday pilotsiz taksilar Singapurdagi jami taksilar miqdorini joriy 900 000 tadan 300 000 tagacha qisqartirishi mumkinligi ta’kidlab o‘tgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar