Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.08.2016

Lexus: Bir millionta IS modellari sotildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 154
Lexus: Bir millionta IS modellari sotildi

Lexus kompaniyasi IS seriyasidagi ilk avtomobil namoyish etilganidan 17 yil o‘tib, mazkur seriya modellarining sotuvi 1 mln donani tashkil etganini ma’lum qilgan.

Millioninchi avtomobil iyul oyining oxirida konveyerdan chiqqan. Model 1999 yilda yaratilgan hamda Evropa uchun maxsus ishlab chiqilgan ilk  Lexus bo‘lgan. Avtomobil o‘shanda BMW 3-Series va Mercedes-Benz C-Class sedanlari bilan bozorda raqobatga kirishgan.

Avvalroq mashinaga 2,0 litrli 6 ta tsilindrga ega qatorli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u 150 ta ot kuchi bilan harakatlangan. Keyinchalik motorlar qatoriga 3,0 litrli agregat qo‘shilgan. Shundan so‘ng kompaniya brendning nemis bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlagan o‘zining yagona universali — IS SportCross modelini taqdim etdi. Eng qizig‘i, xromlangan korpusdagi qimmatbaho toshlarni eslatuvchi orqa faralar ushbu markaning eng ahamiyatli qismiga aylangan. Faralar tyuning ishqibozlari orasida yaxshi ommalashgan, bundan tashqari, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham ularning dizaynidan keng foydalanishgan.

Lexus: Bir millionta IS modellari sotildi

Seriyaning ikkinchi avlodi 2004 yilda tayyorlangan, aynan mana shu yil ba’zi mamlakatlar avtomobil bozorida dizelda harakatlanadigan Lexus ham paydo bo‘lgan. Shu bilan birga,  IS seriyasida maksimum 270 km/st tezlik bilan harakatlanadigan IS F va V8 markalari hamda kupe-kabriolet ham joy olgan. Avtomobilning uchinchi avlodi 2013 yildan boshlab ishlab chiqarilmoqda. Ayni vaqtda Lexus jahonning 70 ta mamlakatida oyiga 6000 dona IS turkumidagi avtomobillarni sotmoqda. Agar kompaniya mana shunday sur’atda odimlasa, ishlab chiqaruvchining so‘zlariga qaraganda, ikkinchi millionning sotilishiga yana 14 yil zarur bo‘larkan.

Lexus: Bir millionta IS modellari sotildi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Lexus

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar