Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.08.2016

Piyodalar Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlarida xatolikni payqashdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 96
Piyodalar Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlarida xatolikni payqashdi

Siz ko‘rib turgan surat ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhida tarqaldi. Suratni tarmoqqa joylashtirayotgan foydalanuvchi unga nisbatan izoh qoldirar ekan, “Muqimiy ko‘chasi. Piyodalar o‘tish yo‘li. Qaerdan o‘tish mumkin?”, degan savol bilan murojaat qildi. Ayni damda guruhda mazkur surat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb Qalampir.uz yozmoqda.

Gap shundaki, foydalanuvchi o‘zi joylashtirgan surat va izoh orqali piyodalar uchun ajratilgan yo‘lak va avtomobillar qatnaydigan yo‘l o‘rtasiga temir to‘siqlar o‘rnatilgani, mashinalar qatnov qismiga esa piyodalar o‘tishi uchun yotiq chiziqlar chizilganiniga ishora qilib, bu holatga nisbatan izoh so‘ragan.

Haqiqatan ham, piyodalar o‘tish yo‘li bor, biroq ular yana o‘z joyini egallashi, ya’ni piyodalarga ajratilgan yo‘lakka o‘tib olishlari ochiq joy qoldirilmagan. Qiziq, piyodalar o‘zlariga belgilangan yo‘lakka o‘tish uchun  to‘siqlardan sakrashlari kerakmi?  Nahot, quruvchilar va mas’ul tashkilotlar buni payqamagan bo‘lsa?

Suratga o‘z izohini yozib qoldirayotganlar shahar ko‘chalarida bunday piyodalar uchun yaratilgan bu kabi «sharoit»larni juda ko‘p uchratish mumkinligini aytishmoqda.

Ish bor joyda kamchilik bo‘lishi turgan gap. Umid qilamizki, tez orada suratda tasvirlangan holatning echimi topiladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar