Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.08.2016

AvtoVAZ 2025 yilgacha 8 ta yangi avtomobil ishlab chiqaradi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 70
AvtoVAZ 2025 yilgacha 8 ta yangi avtomobil ishlab chiqaradi

Rossiyaning AvtoVAZ kompaniyasi kelgusi 9 yil mobaynida 8 ta yangi modelni ishlab chiqaradi. Bu haqda “Avtosreda” nashri kompaniya rahbari  Nikolya Morga tayanib xabar bermoqda.

Top-menedjer Moskvada o‘tkazilgan xalqaro “Avtomexanika” ko‘rgazmasida kompaniyaning kelgusi rejalari to‘g‘risida ma’lumot bergan. Shuningdek, Morning aytishicha, yana 8 ta modelning yangilanishi rejalashtirilgan.

AvtoVAZ 2019 yilda 2 ta yangi avtomobilni ishlab chiqarish maqsadida. Nashrning yozishicha, gap XCODE va Lada 4×4 NG modellari haqida boryapti. XCODE modeli to‘g‘risida avvalroq saytimizda ma’lumot berib o‘tgan edik. Shu bilan birga ushbu yilda kompaniya 4 ta modelning yangilangan versiyalari ham ishlab chiqaradi. Hozircha bular Granta, Largus, Kailna bo‘lishi haqida taxminlar bildirilmoqda.

2020-2022 yillarda zavod konveyerida yana 3 ta yangi avtomobil tayyorlanadi, bitta model qayta restayling qilinadi. 2023-2025 yillar davomida esa kompaniya yana 3 ta yangi modelni ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Bu yilgi Moskva avtosalonida kompaniya 6 ta yangi kontseptni namoyish qilishni kun tartibiga qo‘ygan. Bu Lada tarixidagi eng sermazmun ekspozitsiya bo‘lishi kutilmoqda. Avtosalonda taqdim etiladigan kompaniyaning asosiy yangiligi XRAY bazasida ishlangan yangi krossover bo‘ladi. Besh eshikli avtomobilning kuzovi ikki xil rangda bo‘yalib, kompaniyaning yangicha uslubida tayyorlanadi. Krossoverga  XCODE nomi berilib, uning o‘lchamlari XRAY xetchbekidan yirikroq bo‘lishi aytilgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar