Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.08.2016

KAMAZ va NAMI Shatl nomli avtomobilni taqdim etishdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 95
KAMAZ va NAMI Shatl nomli avtomobilni taqdim etishdi

Bunday shakldagi avtomobilning yaratilishiga shaharlardagi jamoat va shaxsiy transport vositalarining ziddiyati turtki bergan. Barcha ishga tirbandlikda qolmasdan etib borishni istaydi. Biroq aksariyat odamlar o‘zining qulay avtomobilidan voz kechib, jamoat transportidan foydalanmaydi. Natijada tirbandliklar muammosi hal etilmay qolaveradi.

KAMAZ va NAMI tomonidan taqdim etilgan Shatl nomli avtomobil o‘zida bir necha formfaktorlarni jamlagan: u bir paytning o‘zida avtobus, taksi va engil avtomobil vazifasini bajara oladi.

Ushbu kontsept quyidagi asosda ishlaydi: yo‘lovchi o‘z uyidan smartfonidan foydalanib, taksi buyurtirish uchun so‘rov jo‘natadi. Maxsus onlayn servis so‘rovlarni qayta ishlab, o‘xshash yo‘nalishlarni tanlaydi va 12 kishiga mo‘ljallangan (6 ta o‘rindiqli) pilotsiz mikroavtobusni uyingizga yuboradi. Shu yo‘sin Shatl sizni uyingizdan ko‘zlangan manzilga yoki aksincha, biror joylashuvdan uyingizga eltib qo‘yadi.

Kelajakda mana shunday mashina-kapsulalar uchun katta shaharlarda maxsus parklar yaratish ko‘zda tutilgan. Shunda jamoat transporti uchun bekatlar va belgilangan marshrutlarga hojat bo‘lmaydi.

Bunday qulay transportlar odamlarni katta mablag‘ sarflab, mashina sotib olishdan qaytaradi. Bu esa tirbandliklarning oldini olishga xizmat qiladi.  Avtomobillar yo‘qolib borish arafasidagi transport turiga aylanadi.

Albatta, bu biroz notabiiy yangrashi mumkin. Biroq NAMI vakili, “Zelenыy avtomobil” milliy texnologik platformasi koordinatori Aleksey Guskov “Avto Mail.Ru” nashriga bergan bayonotida bunday futuristok avtomobillar tez orada odamlarning uzog‘ini yaqin qilishni boshlaydi.

KAMAZ va NAMI Shatl nomli avtomobilni taqdim etishdi

Onlayn informatsion kommutatorning yaratilishi bilan “Yandeks” kompaniyasining shug‘ullanishi aytilgan. Pilotsiz mikroavtobus KAMAZ tomonidan ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, kompaniya turli segmentdagi avtobuslarni tayyorlashni ham rejalashtirgan. NAMI esa elektr va gibrid turkumidagi texnologiyalarni yaratishda davom etadi.

Ishonish qiyin, ammo “Shatl” bu maket emas, u harakatdagi pilotsiz mikroavtobus. Unga pilotsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida kuzov qismlarida radar, kamera, ultratovushli datchiklar va markaziy protsessor joylangan. To‘g‘ri, mikroavtobus hozircha maxsus yopiq joylarda yurishi mumkin. Shu sababli uning maksimal tezligi 25 km/soat etib cheklangan. Mitti avtobus kichik o‘lchamlarga (4,6 x 2 m) ega bo‘lib, unga elektromotor o‘rnatilgan. Shatlning barcha g‘ildiraklari burilganligi sababli u katta aniqlik bilan manevr qiladi.

KAMAZ va NAMI Shatl nomli avtomobilni taqdim etishdi

Guskovning avtishicha, bunday kuzovdagi avtomobillardan hech qanday qiyinchiliksiz yiliga 1000 dona ishlab chiqarish mumkin. Ayni paytda loyiha mualliflari avtomobilni yalpi tayyorlashni boshlash uchun investorlar bilan muzokara olib bormoqda.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar