Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.08.2016

Moskva avtosaloni: XCODE va Ladaning boshqa modellari

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 101
Moskva avtosaloni: XCODE va Ladaning boshqa modellari

Shu haftada start berilgan Moskva avtosalonida Rossiyaning Lada kompaniyasi bir nechta yangi va restayling etilgan modellarni taqdim qildi. Ko‘rgazmadagi modellarga qarab, yangi bosh direktor qo‘l ostida kompaniya qanday yo‘nalishda ketmoqchi ekanligini anglash mushkul emas.

Kompaniya ushbu avtosalonda 6 ta avtomobil kontseptini namoyish etdi. Ular ichidan Lada Vesta Kross va XRAY Kross o‘z o‘tmishdoshlaridan kuchaytirilgan klirens (Vestada u 203 mm) va kuzov perimetri bo‘ylab joylangan to‘sgich bilan ajralib turadi. Yangi XRAY faqat krossover form-faktorida 5 eshikli qilib tayyorlansa, Vesta Krossning universal tipdagi kuzovidan tashqari yana sedan versiyasi ham ishlab chiqariladi.

Lada krossoverlarni keyingi yilning so‘ngida tayyorlashni rejalashtirgan. Yangi XRAY esa 2018 yilda sotuvga chiqariladi. Ushbu avtomobillar avvalda old uzatmali tizimga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda kompaniya Vesta va XRAY uchun to‘liq uzatmali transmissiyani qidirish bilan mashg‘ul. Aytishlaricha, Renault-Nissan tizimlari Lada avtomobillari uchun tanlanishi ehtimoldan xoli emas. Orqa g‘ildiraklarni tortuvchi gidromotor Sandero xetchbeklarida sinovdan o‘tgan, biroq tizim Renault motorlarida samaraliroq ishlaydi. Albatta, ushbu motorlar Lada avtomobillari uchun moslashtiriladi.

Vesta va XRAY avtomobillarining sport versiyasi ham tayyorlanib, ularni keyingi yildayoq xarid qilish mumkin bo‘ladi. Sport versiyadagi Vestaning podveskasi kuchaytirildi, diskli orqa tormozlar bilan ta’minlandi, JR5  mexanizmida ishlaydigan motorning hajmi esa 1.8 litrga oshirilib, 150 ot kuchiga ega bo‘ldi. XRAY Sport ham Vesta Sportdan ko‘p farq qilmay, bir qancha yangi funktsiyalarni o‘z ichiga oladi. Vesta Sportning narxi taxminan million rubl atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Shu bilan birga kompaniya 1.8 litrli, 122 ot kuchidagi oddiy Vestalarni ham yaratish maqsadida, hamda tez orada Signature turkumidagi uzaytirilgan sedanlarning savdosini ham boshlamoqchi.

Lada prezidenti Nikolya Mor kompaniya 2025 yilgacha jami 8 ta yangi avtomobilni tayyorlab, yana shuncha mavjud modellarni restayling qilishi to‘g‘risida bayonot bergan. Bu to‘g‘risida avvalroq saytimizda xabar bergan edik.

Endi Ladaning Moskva avtosalonida taqdim etgan eng asosiy modeli haqida gapirsak.

Lada XCODE, shubhasiz, avtosalonning eng muhim eksponatiga aylandi. Model haqida avtosalongacha juda ko‘p materiallar matbuotda paydo bo‘lgan edi. Biz ham saytimizda mazkur kontsept yangiliklarini yoritib borgan edik. Ushbu kontsept krossover sezilarli darajada ixcham, detallarning uyg‘unligi yaxshi bajarilgan.

Mazkur model kompaniyaning Moskva avtosalonida namoyish etilgan boshqa X seriyasidagi modellardan o‘zgacha dizayni bilan ajralib turadi. Bu avtomobil AvtoVAZning Moskva dizayn studiyasini boshqarayotgan Rafael Linarining Ladadagi ilk ijod mahsuli. U avvalroq Renault Twingo xetchbeki ustida ish olib borgan.

Kontsept-kar bir necha oy davomida Rossiyaning Tolyatti shahrida ishlab chiqilgan. XCODE hajman XRAY modelidan kichikroq, uzunligi bo‘yicha Kalinaga deyarli yaqin (4 metr). Kompaniya hozirda o‘z avtomobillarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan integratsiyalash va turli gadjetlarga qiziqadigan yoshlarning didiga mos mashinalarni yaratishni o‘ylamoqda. Shu maqsadda XCODE yangi, internetga ulanadigan Lada Connect nomli multimedia tizimi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga model avtoparking, kruiz-nazorat va distantsion boshqaruv tizimiga ega bo‘ladi.

Lada avvalroq Kalina-2 versiyasida ham takomillashgan multimediaga urg‘u bergandi. Biroq model an’anaviy shahar xetchbeklari segmentida korxonaning rejalarini chippakka chiqardi (ushbu modeldan shu yilning ilk 5 oyida 2044 dona sotilgan). Xaridorlar ko‘proq universal modellar (yuk-yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Kalina variantidan 4000 dona atrofida sotilgan) yoki psevdokrossoverlarni (Kalina Krossga 3723 ta buyurtma berilgan) tanlashgan.

Mazkur holatlardan xulosa chiqargan holda kompaniya XCODE krossoverini ishlab chiqarishga qaror qilgan. To‘g‘ri, avtomobil hali loyiha bosqichida bo‘lsa-da, ko‘pchilik uning 2019 yilda sotuvga chiqarilishini bashorat qilmoqda.

Manba: Carzone.uz

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar