Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.08.2016

O‘zbekistonda 2020 yilgacha 809ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi ochiladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 100
O‘zbekistonda 2020 yilgacha 809ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi ochiladi

Ayni damda mamlakatimizda avtomobillarga gaz to‘ldirishga mo‘ljallangan 475 kompressor stantsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020 yilga borib ularning sonini 809taga etkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘ztransgaz” aktsiyadorlik kompaniyasining Milliy matbuot markazida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘z bordi, deb Qalampir.Uz yozmoqda.

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi gazni qayta ishlash zavodlari faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezident Islom Karimovning 2012 yil 21 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kompaniya tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini amaliyotga joriy etishga kirishildi. Loyiha dastlab Toshkent shahrining Yunusobod va Toshkent viloyatining Qibray tumanlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, iste’molchilarga 108 ming 615 dona hisoblagich o‘rnatiladi.

2015 yilning iyun oyidan gaz ta’minoti va iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn rejimda olish imkoniyatini taqdim etadigan veb-portal ishga tushirildi. Hozirgi paytgacha tizimdan 500 ming foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy kabinetini ochgan. Aholiga gaz berilishini nazorat qilish hamda hisob-kitoblarni yurituvchi “L Gas”, “Fossa” dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar