Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Lamborghini Centenario: hayrat, hasham, harakat

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 147
Lamborghini Centenario: hayrat, hasham, harakat

Avvalroq Lamborghini Centenario Roadster modelining taqdimoti o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Kompaniya Monterey Car Week avtoshousida ushbu modelni namoyish qildi. Bu haqda motorauthority.com nashri xabar bermoqda.

Shu yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan Jeneva avtoshousida kompaniya Lamborghini Centenario’ning kupesini taqdim qilib, uning rodster versiyasini ham tayyorlayotgani to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tgandi.

Lamborghini Centenario jami 40 ta nusxada (20 ta kupe, 20 ta rodster) ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Rodster varianti ham Lamborghini Centenario kupesi kabi 6,5 litrli 759 ot kuchiga ega V-12 dvigatel bilan quvvatlangan. Ushbu dvigatel rodsterga 2,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishishga imkoniyat beradi. Har ikkala versiyaning maksimal tezligi 350 km/soat.

Rodsterning korpusi to‘liq grafit toladan, karkassiz korpus va boshqa qoplam turlari esa engil vaznli qimmatbaho materiallardan tayyorlangan. Lamborghini Centenario kupe variantining og‘irligi — 1570 kg. Rodster varianti ham deyarli shuncha vazn bosishi aytilmoqda.

Lamborghini Centenario: hayrat, hasham, harakat

Aerodinamik elementlar va orqa g‘ildirakli boshqarish tizimi rodsterning kuchli tomonlaridan hisoblanadi. Yuqori tezlik bilan harakatlanganda, orqadagi shinalar burilish burchagiga mos yo‘nalishda aylanib, g‘ildirak bazasining tezlashishiga xizmat qiladi. Natijada harakat barqarorligi va modelning reaktsiyasi ortadi. Sekin harakat paytida esa burilish burchagiga qarama-qarshi aylanadi va bu orqali manyovr qilishda engillik yaratadi.

Salonga internet aloqasi mavjud va Apple CarPlay ilovasi o‘rnatilgan sensorli tizim o‘rnatilgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu model kompaniya asoschisi Ferruchcho Lamborginining 100 yoshlik yubileyi sharafiga tayyorlangan.

Superkarning boshlang‘ich narxi kupe versiyasi uchun 1, 75 mln evro, rodster uchun 2 mln evroni tashkil etadi. Ikkala versiyadagi barcha modellar allaqachon sotilib bo‘lingan.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Lamborghini

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar