Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Monterey Car week: Bugatti Chiron namoyishi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 123
Monterey Car week: Bugatti Chiron namoyishi

Bugatti kompaniyasining yangi modifikatsiyadagi giperkari Chiron Kaliforniyada o‘tkazilgan Monterey Car week avtoshousining eng muhim debyutlaridan biri bo‘ldi.

Ushbu moedl shu yilning mart oyida Jeneva avtoshousida ham namoyish qilingan edi. Biroq Monterey Car week doirasida uning Shimoliy Amerika bozoriga mo‘ljallangan versiyasi ilk marotaba taqdim qilindi. Ushbu versiyaning bamperlarida maxsus indikator o‘rnatilgan, tezlik esa kilometrda emas, millarda hisoblanadi. Giperkar erishadigan eng yuqori tezlik soatiga 300 milni tashkil qiladi. Bu deyarli 483 km/soat.

Modelning Evropa uchun chiqariladigan versiyasi esa soatiga maksimal 500 km tezlikda harakatlanishi mumkin.

Biroq Bugatti Chiron xaridorlari tezlik borasida rekord o‘rnata olmadilar. Bunga sabab ishlab chiqaruvchi ushbu model tezligini 261 mil/soat 420 km/soat)  qilib cheklaganidir.

Giperkarning ishlab chiqarilish sanasi hali ma’lum emas. Biroq mutaxassislar uning tezlik borasida kompaniya hozirgacha yaratgan avtomobillarning eng mukammali bo‘lishini qayd etishmoqda. Bundan oldin Bugatti 2010 yilda soatiga maksimal 267.8 mil (430 km/soat) tezlikda harakatlanadigan Bugatti Veyron Super Sport superkarini namoyish etgan etgan edi.

Kompaniya ushbu modeldan jami 500 dona ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Hozirgacha rejadagi avtomobillarning 200 donasi sotilib bo‘lingan. Ishlab chiqaruvchining ma’lumotiga ko‘ra, oldindan qilingan buyurtmalarning 30% AQSh foydasiga to‘g‘ri kelmoqda. Pre-model vazifasini o‘tagan ilk Bugatti Chiron Saudiya Arabistonida yashaydigan kompaniya superkarlarining ishqibozi bo‘lgan xaridorga etkazilgan.  Ushbu xaridor, shuningdek, Bugatti’s Vision Gran Turismo kontsept modeliga ham egalik qiladi.

motorauthority.com resursining ma’lumotiga ko‘ra, Bugatti Chiron avtomobili qish oylarida sotuvga chiqarilishi mumkin. O‘tmishdoshi kabi Chiron’ga ham 8.0 l hajmli W-16 turbo-dvigateli o‘rnatiladi. Modeldagi 7 pog‘onali dual-klatch transmissiya tizimi barcha g‘ildiraklarning harakatini ta’minlaydi.

Bugatti Chiron 1480 ta ot kuchiga ega, 2,5 sekundda 101 km/soat (6,5 sekundda – 200 km/st, 13,6 sekundda – 300 km/st)  tezlikka erisha oladi.

Giperkarning boshlang‘ich narxi 2, 4 mln evroni tashkil qilishi aytilmoqda.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Bugatti

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar