Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

«Andijon» temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 386
«Andijon» temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi

«Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi barobarida mazkur yo‘nalish bo‘ylab bir qator zamonaviy inshootlar bunyod etildi. Ulardan biri «Andijon» vokzalidir, deya xabar bermoqda Daryo.Uz «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmatiga asoslangan holda.

2016 yil iyun oyida foydalanishga topshirilgan vokzal binosi ilgari bir paytning o‘zida 50 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi uning imkoniyati 350 nafar yo‘lovchiga etdi. Ma’muriy bino va chipta sotish kassa zali alohida qurildi. Poezdlar kelib-ketishi haqida axborot beruvchi ma’lumotxona hamda vokzal ishchi-xodimlari uchun alohida xonalar barpo etildi. Shuningdek, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, barcha qulayliklarga ega shinam mehmonxona, yuklarni saqlash zali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jahon andozalariga to‘la javob beradigan VIP-zali zamonaviy ko‘rinishi, shinamligi bilan yo‘lovchilar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

«Andijon» temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Vokzalning old maydoni obodonlashtirilib, xiyobon, favvora va avtomobillar uchun turar joylar barpo etildi. Manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Aholi hordiq chiqarishi uchun maxsus o‘rindiqlar o‘rnatilib, tungi chiroqlar bilan bezatildi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar