Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

Toshkentda Storm Pulse elektro mototsikli taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 277
Toshkentda Storm Pulse elektro mototsikli taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Evropadan Xitoyga yo‘l olgan gollandiyalik talabalar 25 avgustda Toshkentga etib keladi.

Sputniknews-uz.com‘ning yozishicha, Gollandiyaning Endxoven Texnologiya universiteti 23 talabasi tashabbusi bilan yaratilgan elektro mototsikl nomi Storm Pulse bo‘lib, uning dvigateli 95 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi soatiga 160 km, akkumulyator zaryadi 380 km masofa bosib o‘tishga etadi.

Toshkentda Storm Pulse elektro mototsikli taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Storm Pulse  akkumulyatorlariga alohida to‘xtalib o‘tishga arziydi. Har bir elektro mototsikl akkumulyatori 2592 dona litiy-ion akkumulyatorlar jamlanmasidan iborat. Xuddi shunday akkumulyatorlar noutbuklarda ham foydalaniladi. Oxirgi vaqtlarda turli elektr transportda shu turdagi akkumulyatorlardan foydalanish ommaviylashmoqda. AQShda yaratilgan Tesla elektromobili ham aynan shunday akkumulyatorlar jamlanmasida foydalanadi. Akkumulyatorni zaryadlash yoki xuddi shunday zaryadlanangan akkumulyator bilan tezda almashtirish imkoni bor.

Storm Pulse yaratuvchilari bilan Toshkentda uchrashuv rejalashtirilgan. Toshkent Politexnika muzeyi hududida 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda gollandiyalik talabalar O‘zbekiston texnika OTMlari o‘qituvchi va talabalari uchun o‘z mahsulotining taqdimot marosimi o‘tkazishni rejalashtirishgan.

Toshkentda Storm Pulse elektro mototsikli taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Gollandiyalik talabalar o‘zlari oldiga ulkan maqsad qo‘yishgan – ular elektr quvvati bilan yuradigan mototsikllarda dunyoni 80 kunda aylanib chiqib, barchaga elektr transportining ustuvor tomonlarini namoyish qilmoqchi. Shunday yo‘l bilan talabalar butun dunyo aholisini ekologik toza energiya manbaalaridan foydalanishga undamoqchi.

Gollandiyadan 14 avgust kuni yo‘lga chiqqan talabalar, Evropa — Turkiya — Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Qozog‘iston – Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha sayohat rejalashtirgan. Loyihaning facebook’dagi sahifasi oxirgi ma’lumotiga ko‘ra bugun ular Istanbulga etib kelishgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar