Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

O‘zbekistonda 1000 km avtomagistral yangi og‘irlik standartiga o‘tkaziladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 120
O‘zbekistonda 1000 km avtomagistral yangi og‘irlik standartiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2019 yilning oxiriga qadar mamlakatni kesib o‘tgan xalqaro avtomagistrallarni yangi og‘irlik standartiga o‘tkazish dasturi amalga oshirilmoqda, respublika Yo‘l fondi vakili xabariga asosan Sputniknews-uz.com yozmoqda.

Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston Janubiy Osiyoni Evropa bilan bog‘laydigan o‘ziga xos chorrahaga aylanmoqda. Mamlakat hududini kun sayin yuzlab yuk avtomobillari kesib o‘tadi. Bugungi kunda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarning katta qismi sobiq Ittifoq  davrida qurilgan bo‘lib, ular zamonaviy yuk avtomobillar og‘irligiga dosh bermaydi.

Mahalliy avtomobilchilarga “garmoshka” tushunchasi yaxshi tanish. O‘zbekistonning issiq iqlimida yozda asfalt o‘ta yuqori darajagacha qiziydi, shu vaqtda uning ustidan og‘ir yuk mashinasi o‘tganda yo‘lda garmoshka paydo bo‘ladi. O‘nlab yillar oldin qurilgan yo‘llar, zamonaviy avtomobillar og‘irligiga dosh bera olmaydi.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda 2013 yildan beri respublika avtomagistrallarini yangi og‘irlik standartiga o‘tkazish dasturi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra yuk avtomobilining har bir o‘qiga tushadigan og‘irlik 10 tonnadan 13 tonnaga oshirilmoqda. Yangi quriladigan yo‘llar esa, boshidan yangi standart bo‘yicha quriladi.

 Ushbu yilning oxiriga qadar o‘zbekistonlik avtoyo‘lchilar Milliy magistral tarkibiga kiruvchi 120 km yo‘lni yangi og‘irlik standartiga o‘tkazishni rejalashtirishgan. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va ajratiladigan moliya hajmi yil sayin bir necha barobar oshirib borilmoqda. Mablag‘lar Respublika yo‘l fondidan ajratiladi.

Yaqin to‘rt yil ichida, asosiy yangilash ishlari «Buxoro-Qarshi-G‘uzor-Termez» va «Beynau-Qo‘ng‘irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand-Toshkent-Andijon» yo‘nalishlarida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar