Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Eng yirik avtomobil bozorlari e’lon qilindi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 145
Eng yirik avtomobil bozorlari e’lon qilindi

Shu yilning etti oyi davomida jahon bo‘yicha jami 7,2 mln dona engil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga ko‘pdir. Jami 53, 11 mln dona avtomobil sotilib, o‘tgan yilga nisbatan 3,5 % o‘sish qayd qilingan. Bu haqda analitika bilan shug‘ullanadigan «Avtostat»  agentligi LMC Automotive konsalting kompaniyasiga asoslanib xabar bergan.

Xitoy jahondagi eng katta avtomobil bozori sifatida tan olingan. Mamlakatda o‘tgan oy jami 1,8 mln dona avtomobil xarid etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 20,5 %ga yuqori.

Ikkinchi o‘rinni jami 1,52 mln dona avtomobil sotgan AQSh bozori band qilgan.

G‘arbiy Evropa bozorlarida esa o‘tgan oy jami 1,19 mln dona avtomobil sotilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda 1,7%ga kamroqdir. Shunday qilib, G‘arbiy Evropa bozorida 2013 yildan beri ilk marta pasayish kuzatilgan.

Sharqiy Evropa avtomobil bozorida iyul oyida 292,2 ming dona avtomobil sotilgan, bu esa o‘tgan yil iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 21,4%ga kam. Ushbu mintaqadagi eng sezilarli pasayish Rossiyada (-17%) qayd etilgan.

Janubiy Amerikada 2016 yilning iyul oyida 235,1 ming dona avtomobil o‘z egalariga etkazilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 15,1%ga kamroqdir. Bundan tashqari, yirik avtomobil bozorlari qatoriga Yaponiya (411,4 ming dona, -2,5%), Kanada (173,1 ming dona, -2,5%) va Janubiy Koreya (135,2 ming dona, -12,2%) ham kiritilgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar