Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

Monterey Car Week tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 124
Monterey Car Week tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil

AutoGuide.com nashri Monterey Car Week haftaliklari tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil to‘g‘risida ma’lumot berdi.

5. 1961 Ferrari 250 GT SWB California Spider

1961 yilda tayyorlangan ushbu avtomobil 2015 yilda 16,830,000 AQSh dollariga Gooding & Company auktsionida sotilgan. Bunday modeldan jami 37 dona ishlab chiqarilgan bo‘lib, unga 240 ot kuchiga ega 3.0 litr hajmdagi dvigatel o‘rnatilgan.

Monterey Car Week tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil

 4. 1964 Ferrari 250 LM

1964 Ferrari 250 LM avtomobili RM Auctions auktsionida o‘tgan yili 17,600,000 AQSh dollari evaziga o‘z sohibini topgan. Bunday avtomobil modelidan jami 32 dona tayyorlangan, u 320 ot kuchiga ega 3.3 litr hajmdagi V12 motori bilan quvvatgangan.

Monterey Car Week tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil

3. 1964 Ferrari 275 GTB/C Speciale

Model 2014 yilda 26,400,000 AQSh dollari hisobiga RM Auctions auktsionida xarid qilingan. 1964 Ferrari 275 GTB/C Speciale mazkur auktsion doirasida sotilgan eng qimmat avtomobillardan biri bo‘lgan.

Monterey Car Week tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil

2. 1967 Ferrari 275 GTB/4*S NART Spider

Ushbu model 2013 yilda RM Auctions auktsionida  27,500,000 AQSh dollariga sotilgan. Aslida modelni 14-17 million AQSh dollariga sotish rejalashtirilgan edi, biroq avtomobil kutilganidan ham qimmatroqqa xarid etiladi. Bunday modeldan jami 10 dona ishlab chiqarilgan. Avtomobil sotuvidan tushgan mablag‘ xayriya maqsadlarida ishlatilishi ma’lum qilingan.

Monterey Car Week tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil

1. 1962 Ferrari 250 GTO Berlinetta

1962 Ferrari 250 GTO Berlinetta modeli Bonhams’ Quail Lodge auktsionida 2014 yili rekord darajada — 38,115,000 AQSh dollariga xarid qilingan. Shu bilan birgalikda u mazkur auktsion tarixida sotilgan eng qimmat avtomobil bo‘lganligi qayd etilgan.

Monterey Car Week tarixida sotilgan eng qimmat 5 ta avtomobil

Manba: Carzone.uz


Teglar: Ferrari

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar