Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

Rulsiz va tepkisiz avtomobil qachon ishlab chiqariladi?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 87
Rulsiz va tepkisiz avtomobil qachon ishlab chiqariladi?

Raydshering xizmatida foydalaniladigan avtomobilni 2021 yilda ko‘rishimiz mumkin. Bu haqda kompaniyaning o‘zi rasmiy xabar tarqatdi.

“Kelgusi o‘n yillikda  avtomobillar avtomatlashadi va biz uning ahamiyatini 100 yil ilgari jamiyat taraqqiyotiga Genri Fordning konveyeri ko‘rsatgan ta’sirchalik deb hisoblaymiz”, dedi CEO Ford etakchisi Mark Filds.

Kompaniya yangi avtomobil SAE avtomobil injenerlari tasnifi bo‘yicha 4-kategoriyaga mansubligini bildirdi. Bu esa mashinaning na ruli, na gaz va tormoz tepkilari borligini anglatadi. Uni boshqarish uchun haydovchining keragi yo‘q.

Bu rejani amalga oshirish uchun fordchilar to‘rt startap bilan hamkorlik qiladi. Velodyne kompaniyasi “Ford”ga LiDAR sensorlaridan yordam beradi. Isroilning SAIPS kompaniyasi “Ford” avtonom avtomobillarini atrof-muhitga moslashishga o‘rgatish dasturi ustida ishlaydi. Nirenberg Neuroscience firmasi mashinaga “o‘tkir kompyuter ko‘z” ato etadi va u yordamida navigatsiya, ob’ektlarni tanish amalga oshiriladi. Civil Maps kompaniyasi esa yuqori aniqlikdagi 3D xaritalar bilan ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz: 2013 yildan beri “Ford” Fusion sedani asosida haydovchisiz texnologiyani sinab kelmoqda. Bu yili kompaniya avtonom sedanlar sonini 30ga etkazdi, 2017 yilda esa uch hissa ko‘paytirmoqchi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Ford

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar