Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 340
Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Gaplashadigan avtomobil deganda ko‘cha chetiga o‘tirib oshnalari bilan gap sotadigan bekorchi avtomobillar ko‘z oldingizga kelmasin. Gap “aqlli” avtomobillarni yagona tarmoqqa birlashtirib, muntazam aloqa almashish haqida boryapti.

Necha yillarki, avtomobil ishlab chiqaruvchilar haydovchisiz mashina yaratish ustida izlanayotibdi. Biz quyida o‘zaro va atrofdagi ob’ektlar bilan aloqa almashuvchi transport vositalari haqida hikoya qilamiz.

Tasavvur qiling: mashinangiz burilishda nima borligini biladi; boshqa harakat qatnashchilarini yo‘lning muayyan qismidagi xavfdan ogohlantiradi; svetoforning yashil chirog‘idan o‘tish uchun qanday tezlikda borish kerakligini hamrohiga “shipshiydi”; yaqinlashib kelayotgan “tez yordam” haqida ogohlantiradi, boringki, o‘zingizni qanday his qilayotganligingizni ham nazorat ostida tutadi. Fantastika deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, unday emas!

Barchasi nimadan boshlangan?

Avtomobil va infrastruktura ob’ektlari (yo‘l, svetofor, chorraha, temir yo‘l o‘tish joylari va hokazo) orasida simsiz aloqa o‘rnatishga urinish 1990-yillardan boshlangan. Amerikaning navbatdagi Milliy konferentsiyasida “aqlli” transport tarmog‘ini rivojlantirish qizg‘in muhokama qilingan, chunki bu yo‘l harakati xavfsizligini oshiradi. Shundan so‘ng ko‘pgina xususiy korporatsiya va davlat organlari ITS America (Intelligent Transportation Society of America) notijorat jamiyatiga birlashdi. Keyinroq shunga o‘xshash uyushmalar Yaponiya (ITS Japan) va Evropada (ERTICO-ITS Europe) ham paydo bo‘ldi.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Aloqa apparatlari o‘rnatilgan avtomobil tevarak-atrofdagi ob’ektlar bilan muntazam axborot almashib turadi, bu manyovrlarni bashorat qilish va halokatni oldindan bartaraf etish imkonini yaratadi.

Katta kompaniyalar birlashganidan so‘ng zamonaviy texnologiya bilan avtomobilsozlar qiziqqunicha yana o‘n yil kutishga to‘g‘ri keldi. Bu texnologiyaning kashshoflari BMW va DaimlerChrysler gigantlari bo‘ldi. Ular o‘z oldiga 2020 yilga borib haydovchi, transport vositasi va atrof-muhitning yagona birligiga erishish maqsadini qo‘ydi. Maqsad ulkan, ammo ikkovlon bunga erisha olarmidi? Yolg‘iz otning changi chiqmaydi.

2004 yilda avtomobil ishlab chiqaruvchilarning Car 2 Car Communication (Vehicle2Vehicle yoki Car2X deb ham atashadi) nomli konsortsiumi tuzildi. Konsortsiumdagi kompaniyalar soni kam edi, ammo bugunga kelib sayyoramizdagi barcha yirik texnologik kompaniyalar jam bo‘lgan. Avtomobilsoz BMW, Volkswagen, Audi, Daimler, General Motors, Ford, Honda, Mercedes-Benz, Hyundai, Nissan, Land Rover/Jaguar, PSA Peugeot Citroen, Toyota, MAN, Volvo, Tesla; elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi Bosch, Siemens, LG; davlat va transport kompaniyalari; o‘quv dargohlari va boshqa o‘nlab taniqli shirkatlar uning a’zosidir. S2S internatsional xususiyatga ega, chunki sayyoramizdagi barcha avtomobillar yagona tilda “gaplashishi” lozim.

Bu qanday ishlaydi?

Faraz va takliflarga ko‘ra, transport va infrastruktura ob’ektlari real vaqt rejimida kunu-tun axborot almashinib turadi. Turli joylardan uzatilgan bildirishnomalar jamlanib, maxsus algoritm asosida tahlil qilinadi.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Avtomobilni axborot almashishga o‘rgatish uchun unga antenna va ixcham bort kompyuteri o‘rnatish etarlidir.

Zamonaviy texnologiyalarni ko‘z oldimizga keltirsak, vazifa uncha qiyin tuyulmaydi: mashinaga WLAN antenna, uzatgichli GPS priyomnik hamda tezlashish va sekinlashishni, harakat koordinatasini tahlil qiluvchi, barqarorlashtirish tizimini rostlovchi, oyna tozalagichni ishga tushiruvchi va boshqa elektron qurilmalarni boshqaruvchi ma’lumotni qayta ishlash blogi o‘rnatilsa kifoya. Ammo barcha signallarni qayta ishlab, yashin tezligida aniq qaror qabul qiluvchi dasturiy ta’minot-chi? Dastur, shuningdek, ogohlantirishni audiotizimga yoki xabarlar displeyiga yuborishi, alohida holatlarda esa boshqaruv organini xabardor etishi lozim. Nazariy jihatdan olsak, bunday dastur sun’iy idrok darajasiga etishadi.

Videolavhada Car 2 Car tizimining antiqa funktsiyalari ko‘rsatilgan.

Amaliyotga tatbiq

Murakkabliklarga qaramasdan dunyodagi birinchi  kommunikatsiya tizimi ishga tushirildi. Toyota injenerlari uni ITS Connect deb nomladi. Bulutli tarmoq avtomobillarni bog‘laydi va o‘zaro”gaplashishi”ga sharoit yaratadi. ITS Connect yakkatezlikni (kruiz-kontrol) yuqori aniqlikda boshqaradi, maxsus xizmat avtomobillari yaqinlashayotganidan haydovchini ogohlantiradi, chorrahalarda xavfsiz burilish va qayrilishni ta’minlaydi.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Boshqa avtomobilsoz kompaniyalar ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. Shvedlarning Volvo kompaniyasi transport Vazirligi bilan birga texnologiya vositasida muzlama yo‘ldagi avtohalokatlarga qarshi kurash boshladi. Sirpanchiq yo‘l qismiga etgan mashina Volvo Cars mobil tizimi orqali qayta ishlash markaziga signal yuboradi. So‘ng yo‘lning mazkur qismiga yaqinlashgan barcha avtomobillar sirpanchiqdan ogohlantiriladi.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Kommunikatsiya tizimi nafaqat haydovchiga, kommunal xizmatlarga ham asqotadi.

General Motors kontserni C2C tizimi asosida quvib o‘tish uchun qarama-qarshi polosaga chiqqan mashinadan ogohlantiruvchi funktsiyani ishlab chiqmoqda. Tirkamalar ulangan uzun yuk mashinalarini quvib o‘tishda bunday funktsiyaning ahamiyati katta.

Audining Travolution funktsiyasi salondagi displeyga svetoforgacha qancha masofa qolganinigina emas, yashilda o‘tish uchun zarur bo‘lgan tezlikni ham ko‘rsatadi. Darhaqiqat, bu ko‘cha harakatini tashkil etishda hamda yonilg‘ini tejash va atrof-muhit muhofazasida katta ahamiyat kasb etadi.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

“Amerika trassalardagi harakat xavfsizligi boshqarmasi” izohlashiga qaraganda bunday tizim transport oqimini muvofiqlashtiribgina qolmay, yiliga minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi. AQSh shu yildan yangi avtomobillarning barchasi Sar 2 Sar tizimi bilan jihozlantirmoqchi.

Qiyinchiliklar ham bor

Albatta, C2C tizimining o‘ziga yarasha muammolari, aniqrog‘i, joriy etish muammolari etarli. Ularning biri narxidir. Simsiz apparatlarning narxi 300-500 dollar atrofida. Biroq tizim risoladagidek ishlashi uchun boshlamasiga barcha transport vositalarining kamida 20 foizini jihozlash lozim bo‘ladi. Buning ustiga zamonaviy elektron “ichak-chavoq”li mashinalargagina C2C o‘rnatish mumkin. Infrastruktura ob’ektlariga elektron qurilmalar o‘rnatishni ham yoddan chiqarmaslik kerak.

Bordiyu barcha avtomobil va mototsikllarga C2C tizimi o‘rnatilganda ham velosipedchilar, piyodalar va hayvonlar masalasi ochiq qolmoqda. Bu savolga aniq javob hanuz yo‘q. Albatta, videokameralar bo‘ladi, ammo ular oldindan emas ko‘rgandagina ogohlantirishga qodir.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Avtomobillar va infrastruktura ob’ektlari bilan bir qatorda mototexnika Sar 2 Car tizimining muhim qismi bo‘ladi. Mototsikllar avtomobillarga qaraganda 29 barobar ko‘p avariyaga uchraydi!

Va nihoyat, avtomobillarning ijtimoiy tarmog‘idagi axborot muhofazasi ustuvor masaladir. Ustomon xaker signalni tutib qora maqsadida foydalanishi mumkin. Shuning uchun axborotni kuchli himoyalash haqida astoydil bosh qotirish shart.

 “Aqlli” qurilmalar yana bor

Mercedes-Benz avtomobilni turli yo‘l sharoitlarida silkinish va og‘ishlardan saqlash uchun osmani qayta ishlashni boshlab yubordi. Yangi texnologiyada stereokamera va datchiklar yo‘lni kuzatib, elektronika esa osmaning qattiqligi va kuzov holatini rostlab boradi. Bu tizim S-sinf faxriy rusumlarining deyarli barchasida bor.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Avtonom parkovkani ham C2C tizimiga nisbat bersa bo‘ladi. Aytaylik, siz manzilga etgach, mashinadan tushib, tugmani bosdingiz. Mashina belgilangan joyga o‘zi bordi yoki yaqin-atrofdan bo‘sh joy qidira boshladi. Mo‘ljalni to‘g‘ri olish uchun parkovka datchiklari, radar, kamera, GPS-kontroller va joy xaritasidan foydalaniladi.

Mercedes-Benz va BMW seriyali avtomobillarida bu tizimning sal sodda variantidan foydalanmoqda. Yangi rusum haydovchilari smartfondagi maxsus ilova yordamida mashinani avtoturargohga joylashadi.

Ford esa sun’iy idrokni haydovchining… ostiga joylab qo‘ydi. O‘rindiqqa o‘rnatilgan olti sensor haydovchi yuragining impulsini boshqaruv blokiga uzatadi. Mashina shu yo‘l orqali haydovchini his etadi, qon bosimi ko‘tarilgan yo pastlaganini, hattoki, yurak xurujini aniqlay oladi. Yurak xuruji ma’lum bo‘lsa, avtomobil halokat chiroqlarini yoqadi, sekinlashadi va “tez yordam” chaqiradi.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

Jaguar Land Rover mutaxassislari Driver Monitor System (DMS) nomli g‘aroyib texnologiya ustida ishlamoqda. Qator datchiklar va videokameralar haydovchining mimikasi va nigohini nazoratda tutadi. DMS nazaridan ruldagi haydovchining boshi, qayoqqa qarashi, kiprik qoqishi va nafas olishigacha chetda qolmaydi. Tizim haydovchining ahvolini baholab, dam olish fursatini taklif qiladi. Haydovchi uxlab qolsa, qattiq signal berib uyg‘otadi.

Yaqin kelajakning “gaplashadigan” avtomobillari

BMW injenerlari uzatmalar qutisining ham tilini topdi. Sakkiz pog‘onali avtomat qutining boshqaruv bloki GPS modul bilan aloqa o‘rnatadi va tegishli yo‘nalishga moslashadi. Chorrahada tormoz yoki gaz tepkisini bosishingizdan oldin navigator bo‘yicha manyovrni payqab maqbul uzatmani tanlaydi. Bu funktsiya Rolls-Royce Wraith tajribaviy nusxasida joriy etilgan.

Shubhasiz, avtomobil kommunikatsiyasini joriy etishdan oldin ko‘plab texnik va huquqiy masalalarga echim topish lozim. Biroq yaqin yillar ichida mashinalar “aqllilashuvi” va muloqotga kirishishi, natijada avtotransport halokatlari soni keskin qisqarishi kutilayotibdi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar