Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Volkswagen: millionlab avtomobillar xavf ostida

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 105
Volkswagen: millionlab avtomobillar xavf ostida

Birmingem universiteti tadqiqotchilari va Germaniyaning Kasper & Oswald muhandislik kompaniyasi Volkswagen tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning xavfsizlik tizimida jiddiy nosozlikni aniqlashdi. Gap shundaki, o‘g‘rilar ushbu kontsernga tegishli modellarning eshiklarini ortiqcha qiyinchiliklarsiz ochishlari va salondagi buyumlarni o‘g‘irlab ketishlari mumkin.

Xavfsizlik tizimidagi kodlar avtomobilning egasi distantsion pultdan uni boshqarganida masofadan turib olinishi va qayta shifrlanishi mumkin. Mana shundan keyin, avtomobil to‘liq o‘g‘rining ixtiyorida bo‘ladi. Aniqroq qilib aytganda, Volkswagen avtomobilllarining xavfsizlik tizimida 2 xil kod ishlaydi: biri – deyarli barcha Volkswagen modellari uchun xos universal birlamchi kod, ikkinchisi – har bitta avtomobilga tegishli unikal raqamli kalit. Birinchi kodni aniqlash tadqiqotchilarga katta qiyinchilik tug‘dirmagan, ikkinchi kodni esa masofadan turib, xavfsizlik tizimi faollashganda, ushlash mumkin.

Har bitta avtomobil uchun universal birlamchi kod yaratilsa, olam guliston, deyishingiz mumkin.

Biroq, qizig‘i shundaki, Volkswagen tomonidan 25 yildan beri ishlab chiqarilayotgan modellarni bor-yo‘g‘i 3-4 ta universal birlamchi koddan foydalanilgan. Bu esa so‘nggi yillar davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan millionlab avtomobillarni xavf ostida qoldiradi.

Tadqiqotchilar universal birlamchi kodni qanday qo‘lga kiritganlari haqida ma’lumot berishdan bosh tortishgan. Ammo Volkswagen kompaniyasining hozircha eng xavfsiz modelining nomini qayd qilib o‘tishgan. Bu — VW Golf 7 va uning bazasida yaratilgan boshqa avtomobillardir.

Nosozlik  Audi, Seat va Škoda modellarida ham aniqlangan.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Volkswagen

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar