Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Senimi, Tesla, shoshmay tur!

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 138
Senimi, Tesla, shoshmay tur!

Xitoy elektromobillar borasida hali sezilarli natijaga erishmagan. Biroq hozirda davlat tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida keskin o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda. Xitoy elektronika gigantlaridan biri LeEco elektromobillar ishlab chiqarishga hissa qo‘shish maqsadida Faraday Future kompaniyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. LeEco shu yilning aprel oyida hatto LeSee elektrokarini namoyish qilgan edi. Kompaniya Xuchjou shahri atrofida 1.8 mlrd AQSh dollariga teng va bir yilda 400, 000 dona  elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan zavod qurmoqchi.

Zavod faqatgina ulangan va havdovchisiz boshqaruv funktsiyalariga ega bo‘lgan elektromobillarni ishlab chiqaradi. LeEco ushbu zavodning barpo etilishi yirik — taxminan 3 mlrd dollarga teng bo‘lgan «Eco Experience Park» infrastrukturaning birlamchi bosqichi ekanligini qayd qilib o‘tgan.

Kompaniya sohadagi hamkori Faraday Future bilan aloqalarini yanada mustahkamlamoqchi. Aytmoqchi, Faraday Future kompaniyasining o‘zi ham AQShning Nevada shtatida 1 mlrd AQSh dollariga teng elekrokar ishlab chiqaradigan zavodni qurmoqda. Bundan tashqari, u Kaliforniya shtatidagi Vallejo shahrida ikkinchi zavodini ham qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shubhasiz, yuqorida nomi tilga olingan Xitoy va AQSh kompaniyalarining elektromobillar yaratishga qaratilgan harakatlari tahsinga loyiq. Lekin, vaziyatga real nazar tashlansa, ular hozirgacha shunchaki bir nechta futuristik elektrokarlarni namoyish qilgan, xolos. Dunyo bozoriga hali biror elektromobil sotuvga chiqarishmagan. Faraday uning ilk sotuvga chiqariladigan elektrokari keyingi yilning boshida taqdim etilishi va u FFZero1 superkari platformasi bazasida yaratilishi to‘g‘risida xabar bergan. LeEco esa LeSEE modelining o‘ziyurar versiyasini ishlab chiqarmoqchi. Sohadagi eng ilg‘or kompaniya – Tesla esa Nevada shtatida 4-5 AQSh dollariga teng zavodini barpo etib, ayni vaqtda 2 ta modeldagi elektromobillarni sotuvga chiqargan hamda yaqinda uchinchi avlod Model 3 avtomobilini namoyish qilgan edi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Tesla

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar