Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Tesla Evropada 100 kVt/soatli batareyaga ruxsat oldi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 84
Tesla Evropada 100 kVt/soatli batareyaga ruxsat oldi

Ko‘pchilik yangilangan Model S elektromobili 100 kVt/soatli akkumulyatorlarga ega bo‘lishiga umid bildirgan edi, ammo kutilganidek bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa ham kompaniya Niderlandiyada katta sig‘imli batareyalarni o‘rnatish uchun muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu esa Tesla yaqin orada Evropa bozoriga mo‘ljallangan Model S va Model X elektromobillarini uchta komplektatsiyada (100D, P100D va P100D Ludicrous paketi bilan) taqdim qilishini tasdiqlaydi.

Sertifikatga ko‘ra Model S 100D variantida harakatlanish masofasi 613 kilometrni tashkil qiladi. Lekin yana shuni aytish kerakki, bu Evropa hududiga mo‘ljallangan ko‘rsatkich, AQShning atrof-muhitni himoya qilish agentligi tomonidan beriladigan ko‘rsatkich biroz kamroq, aniqrog‘i 482 kilometrdan ortiqroq bo‘lishi mumkin. Hozirda yangi akkumulyatorlarni etkazib berish sanasi aniq emas, biroq xabar berilishicha, bunga uzoq vaqt qolmagan.

Shuningdek, Tesla Model X yangi akkumulyatorlarda 482 km masofa bosishi to‘liq tasdiqlanmagan. Ta’kidlash kerakki, bu krossover Model S elektrokaridan ko‘proq massaga ega. Shunday bo‘lsa-da yangi akkumulyatorlar sezilarli darajada harakatlanish vaqtini cho‘zishi qayd etilmoqda. So‘nggi X 90D  modeli to‘liq zaryadlangan batareyalarda 413 km masofa bosib o‘tadi. Yangi 100 kVt/soat ko‘rsatkichga ega bo‘lgan akkumulyatorlar nafaqat ko‘proq masofaga etadi, balki harakat tezligini ham oshiradi. Eslatib o‘tamiz, Model S P90D 2.8 sekundda 0 dan 96 km/soatga tezlasha oladi, X P90D uchun esa aynan mana shu ko‘rsatkichga erishish uchun 3.2 sekund zarur bo‘ladi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Tesla

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar