Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Yangi avlod Volkswagen Passat CC sinovlarda ko‘rindi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 88
Yangi avlod Volkswagen Passat CC sinovlarda ko‘rindi

Volkswagen kompaniyasi yangi avlod Passat CC avtomobilini yo‘llarda sinashni boshladi. Model endilikda Volkswagen CC nomi ostida ishlab chiqariladi. Modelning ilk suratlari Motor1 nashri tomonidan e’lon qilingan.

Yangi avlod Volkswagen Passat CC sinovlarda ko‘rindi

Model tashqi tomondan Sport Coupe Concept GTE kontseptini yodga soladi. Ammo Volkswagen CC prototipdan kattaroq o‘lchamda bo‘lishi kutilmoqda. Yangi model MQB platformasida yaratiladi. Motor parametrlari o‘zgarmaydi, ammo avtomobilning gibridli modifikatsiyasini ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan.

Ushbu yangi avtomobilning taqdimot sanasi hali ma’lum emas. Motor1 bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u 2017 yilning avvalida Jeneva avtosalonida yoki mazkur yilning sentyabr oyida Frankfurtda o‘tkaziladigan avto-shouda namoyish etiladi.

Yangi avlod Volkswagen Passat CC sinovlarda ko‘rindi

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, model Skoda Octavia, Volkswagen Golf, Seat Leon, Audi A3 va boshqa modellarning asosini tashkil etgan  MQB arxitekturasida faoliyat ko‘rsatadi. Kuzovda alyuminiydan foydalanilgani sababli avtomobil o‘tmishdoshidan sezilarda darajada engillashgan. Massadagi farq taxminan 80-100 kilogrammni tashkil qiladi.

Passat B8 modelining ilk versiyasi benzinli 1,4 TSI, 125 ot kuchiga ega bo‘lgan motor bilan ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, 1,8 TSI (180 ot kuchi) va 2,0 TSI (220 ot kuchi) ko‘rsatkichli agregatlar ham taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Qatordagi eng kuchli versiya 2.0 litrli turbo agregat bo‘ladi. Model qo‘shimcha tarzda dizel motorli variantlarda ham sotilishi haqida xabar berilgan.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Volkswagen

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar