Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.08.2016

Bu mashinalar haydovchini o‘ldirishi mumkin

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 194
Bu mashinalar haydovchini o‘ldirishi mumkin

Zamonaviy avtomobil ilg‘or elektron texnologiyalari va sanoqsiz qulayliklari bilan bir qatorda xavfsiz ham bo‘lmog‘i lozim. Ba’zan o‘nta xavfsizlik yostig‘i ham shiddatli zarbni tutib qololmasligi mumkin.

1992 yil. Avstraliyada eskigina sedanga tajriba tariqasida 375 kgli ballast (posangi yuk) ortildi va 100 km/soat tezlikda mustahkam devorga urildi. Mashina parcha-parcha bo‘lib har yoqqa uchib ketdi…

To‘qnashuv testi o‘tkazish endi urfga kira boshlagan pallalarda mashinalarning qog‘ozdek g‘ijimlanib ketishiga ko‘p bor guvoh bo‘lishgan. XX asrning eng taniqli rusumlari ham testda pachoqlanmay qolmagan. Ular orasidan Volkswagen Golf ikkinchi avlodi, Hyundai Accent, Nissan Almera, Peugeot 306, Rover 100, Ford Escort va hattoki, sovrinli BMW 5-seriyasini ham uchratish mumkin. Mashinalarning bu qadar mo‘rtligi avto ishlab chiqaruvchilarni jiddiy bosh qotirishga majbur qildi. Mashinasozlar yo‘lovchilarning himoyasi uchun texnikani pishiq-puxta ishlash yo‘lida xarajatni oshirishga qaror qilishdi. Buning ustiga motor quvvati va avtomobil tezligi tobora oshayotgan davr edi. Tezlik va avtohalokatlar o‘zaro bog‘liqligi sizga ma’lum.

So‘nggi yigirma yilda mashinalarning bir avlodi almashdi va biz hozirda avtomobil emas, pishiq uy ichida yurgandekmiz. Dunyoning deyarli barcha burchagida mustaqil to‘qnashuv testlari joriy etilgan. Qaysi mashina reklamasiga qaramang, besh yulduzli xavfsizlik reytingi, qo‘sha-qo‘sha xavfsizlik yostiqchalari va “aqlli” elektron tizimlarga ko‘zingiz tushadi.

XXI asrda mustaqil to‘qnashuv testlariga mashina dosh bermasligi kam uchraydigan hodisadir. Odatda, uchinchi dunyo mamlakatlari uchun mashina ishlab chiqaradigan kam tanilgan avtokorxonalar mashinasi testdan o‘tolmaydi. Masalan, Malayziyaning Proton Jumbuck pikapi 64 km/soat tezlikda kelib urilgan holatini yuqoridagi videolavhada tomosha qiling-a. Haydovchi tirik qolishi amrimahol, bu mashinani esa 2010 yilga qadar ishlab chiqarishgan!

Quyidagi kadr esa Xitoyning Lifan 320 (yana bir nomi Lifan Smily) xetchbekini Janubiy Amerikada Latin NCAP uslubida sinash chog‘ida olingan. Bu ham standart 64 km/soat tezlikda urgan, natijada kuzov gazetadek taxlanib, rul suyanchiqning boshqo‘ygichigacha kelgan! Ekspertlar xulosasi besh balli tizimda – nol. Mashina na katta yoshlilarni va na bolalarni halokatdan himoyalay oladi.

Avtomobilning taniqliligi xavfsizligingizni kafolatlamaydi

Chunki taniqli avtomarkalarning ham barcha mahsuloti puxta emas. Nissan Meksikada Tsuru (V16 va Sentra B13) rusumini haligacha chiqaradi. Ko‘rinishidan tuppa-tuzuk mashina, ammo to‘qnashuv testi natijasini ko‘rmaganlar uchun shunday. Latin NCAP uslubidagi testda xuddi Xitoy “Lifan”i natijasini takrorlaganiga nima deysiz? Videoni ko‘ring.

Darvoqe, mo‘rt mashinalar ro‘yxatida hammamizga yaxshi tanish Chevrolet Aveo ham bor. “Yangi neksiya” Latin NCAP testida “Nissan”dan yaxshiroq natija ko‘rsata olmadi. Koreys mashinasida bolalarning tirik qolish ehtimoli bir oz yuqori, ammo oldindagi yo‘lovchi hayot bilan vidolashmay iloji yo‘q. Ekspertlar xulosasi bilan tanishsak, oldindagi yo‘lovchining boshi va boldiri himoyalangani yozilgan xolos. Etarlimi?

Yaxshiyamki, Ravon Nexia haydovchisida hech bo‘lmasa, xavfsizlik yostiqchasi bor. Arzon Aveo rusumini esa xavfsizlik borasida maqtashning iloji yo‘q.

Endi esa to‘qnashuv testida Sandero xetchbeki o‘zini qanday tutishini tomosha qiling. Unda xavfsizlik elementlari yo‘q. Urilganda kuzov qattiq buklanib ketadi. Xetchbek besh yulduzdan atigi bittaginasiga munosib.

To‘rtdan biri o‘lim bilan yakun topgan

2012 yilda Amerikaning IIHS (Insurance Institute for Highway Safety) instituti to‘qnashuv testlari dasturiga 64 km/soat tezlikdagi mashina oldi bilan urilishini kiritdi. Bu mashinaning daraxt, simyog‘och, yo‘ldagi to‘siqlar yoki qarshidan kelayotgan mashinaga urilishini imitatsiyalaydi.

Statistika YTHlardagi o‘lim holatining to‘rtdan biri old tomondan urilishlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Amerikaliklar to‘qnashuv testini joriy qilgach, buning sababi ma’lum bo‘ldi. Ko‘pgina mashinalarning old chap qismida asosiy energiya yutuvchi elementlar joylashadi. Mashina urilganda bamperi, osmasining detallari zarbni tutib qolishga qodir emas, g‘ildirak esa eshikni ichkariga itarib faqat muammo tug‘diradi. Dastlabki old to‘qnashuv testlaridan eski avtomobillar uyoqda tursin, Euro NCAPning “a’lochi”lari ham o‘tolmadi.

Avtomobilsozlar tezda hushlarini yig‘ib olishdi va konstruktsiyani mukammallashtirishga kirishishdi. Ammo ish hali qiyomiga etmadi. Yuqoridagi videoda Hyundai Accent (Solaris) va Nissan Juke to‘qnashuv testi lavhasini tomosha qiling. Ikkalasi ham talabga javob bermaydi. Haydovchining boshi xavfsizlik yostig‘idan sirg‘alib ketadi (“Solyaris”da old panelga uriladi), oyog‘i esa metall va plastik orasida qisilib qoladi… Boshqacha aytganda, oyoqdan ajralishi turgan gap.

IIHS testi ilg‘or texnologiya asosida yaratilgan avtomobillar ham urilish vaqtida ojizligini ko‘rsatib qo‘ydi. Nissan Leaf elektrokari va mashhur Audi A4 rusumi ham testdan o‘tolmadi. Vaholanki boshqa kategoriyalar bo‘yicha ularga etadigani yo‘q. Hatto mashinaning o‘lchami ham haydovchini qutqarib qololmaydi. O‘ziga yarasha jussasi bor Chrysler Town&Country minivenining kuzovi qanday g‘ijimlanib ketishini ko‘ring.

Yodda tuting: eng zamonaviy elektron qurilmalar ham mashinani darhol to‘xtatib qololmaydi. Zamonaviy avtomobil xavfsiz avtomobil degani emas. To‘g‘ri, taraqqiyot bir joyda to‘xtab turmaydi, ammo bugungi avtomobillarni to‘la xavfsiz deb atash qiyin. To‘qnashuv testlariga qarab xulosa chiqarish sizdan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar