Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.08.2016

Kreditga va plastik kartochkaga avtomobil olish mumkinligini bilasizmi?

Автор: Car-News Комментариев: 2            Просмотров: 3 379
Kreditga va plastik kartochkaga avtomobil olish mumkinligini bilasizmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtoulovlarning narxi, to‘lov usuli va shu kabi masalalarga bag‘ishlangan bahslar kundan-kunga avj olib bormoqda. Banklarda avtokredit ochilganiga 2 yildan oshgan bo‘lsa-da, ko‘pchilikning bundan xabari yo‘q. Bunga banklarimizda marketing va boshqa ko‘plab bo‘limlar juda sust ishlashini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.

O‘zim ham bankda ishlayman va yuqoridagi kamchilikni bartaraf etish uchun ozgina bo‘lsa-da hissamni qo‘shishga qaror qildim. Mazkur blogpostimda jismoniy shaxslar uchun beriladigan avtokredit haqida atroflicha ma’lumot bermoqchiman (Avtokredit olish tartibi AIT “Ipak yo‘li” banki misolida tushuntiriladi).

Butun boshli jarayon haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lish uchun ba’zi bir tushunchalarni izohlab o‘taman.

Doimiy daromadlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ikkilamchi bozordan plastik karta orqali bank krediti evaziga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtomashinalarni harid qilishlari mumkin.

Savol: Bu erda jismoniy shaxs deganda kim nazarda tutilayapti?
Javob: 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarosi.

Ikkilamchi bozor — eskisi yangisidan qimmat sotiladigan mashina bozori. Shu o‘rinda bir gap, juda ko‘p mijozlar yangi mashina xarid qilish istagini bildiradi. Bu tabiiy. Lekin avtosalonlar jismoniy shasxlarga naqd pulsiz to‘lov uchun xisob-raqam bermaydi (odamlar oylab navbatga turib, naqd pulga yoki xalqaro plastik kartalarga sotib olishga tayyor turganda, avtosalondagilar boshini og‘ritib plastikka, kreditga yoki lizingga sotib o‘tirmaydi. Talab va taklif qonuni).

Plastik kartochka nimaligini bilmaydigan odamni o‘zi bo‘lmasa kerak

Kreditga va plastik kartochkaga avtomobil olish mumkinligini bilasizmi?

Nega aynan “GM O’zbekiston” avtomobili degan savolga mana bu erdan javob topasiz.

Avtokredit olish uchun Ipak yo‘li bankining o‘zingiz yashaydigan xududdagi filialiga murojat qilasiz. Bank taklifi sizga maqul kelsa, kerakli xujjatlar ro‘yxatini olasiz va mashina tanlash uchun bozorga borasiz. Mashinaning ishlab chiqarilgan yili 3 yildan oshib ketmasligi kerak. Yani 2016 yilda olinayotgan avtokredit uchun 2013, 2014, 2015 – yillardagi mashinalarga talabgor bo‘lishingiz maqsadga muvofiq.

Mashinani tanladingiz deylik. Endi egasini ko‘ndirishingiz kerak. Ammo bu oson kechmasligi tabiiy. Chunki mashinaning pulini hamma kabi milliy valyuta yoki AQSh dollarida naqd emas, balki plastik kartochka bilan to‘laysiz-da. Bank sizga ajratilgan kreditni plastik kartochkaga tashlab beradi.

Egasi bu shartga rozi bo‘ldi ham deylik. U holda uni etaklab, kerakli xujjatlar bilan birga bankka kelasiz. Kredit uchun mashinaning o‘zi garovga olinadi. Shu bois bank hodimi mashinani ko‘rib, kelishilgan narxga o‘z hulosasini beradi.

Hujjatlar tayyor, mashina talablarga javob beradi, kredit inspektori sizning arizangizga o‘z xulosasini kredit komissiyasiga taqdim etadi. Komissiya ijobiy qaror qabul qilsa keyingi jarayon boshlanadi (agar komissiyadan loyiha o‘tmasa, nima uchun rad etilganligi haqida mijozga yozma javob berilishi ShART).

Komissiya ijobiy qaror qabul qildi deb faraz qilamiz. U holda bank bilan kredit shartnomasini imzolaysiz. Shu erda masalaning bir jihatini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Kichkinagina tajribamdan kelib chiqqan xolda aytishim mumkinki, mijozlar shartnomani umuman o‘qimaydi, erinishadimi bilmadim?! Ko‘p hollarda shartnomalar rus tilida yoziladi, shartnomani o‘zbek tilida so‘rashga, shartnomaga qo‘shimcha kiritishga, sizga ma’qul kelmagan qismini olib tashlashga, taklif kiritishga haqqingiz bor!!! Kredit shartnomasining original nusxasi sizga taqdim etilishi kerak, to kredit yopilgunga qadar siz uchun mana shu shartnoma dasturilamal vazifasini o‘taydi.

Shartnomani tuzib oldingiz, mashina oldi-sotdi narxining 25 foizini bankka oldindan to‘laysiz va bank xodimi avtoulovni nomingizga o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarni qo‘lingizga beradi. Mashinani nomingizga o‘tkazib, yangi texpasport bilan yana bankka qaytasiz. Avtomobil kredit davriga muvofiq sug‘urta qilinadi, davlat notarial idorasida garov shartnomasi tuziladi. Va eng oxirida o‘zingiz to‘lagan boshlang‘ich to‘lov va bank kreditini sotuvchining xisobiga o‘tkazish uchun ariza-topshiriqnoma yozasiz.

Kreditga avtomobil olish qanchaga tushishi haqida jadval (so‘mda)



Mashinaning oldi-sotdi narxi



Kredit summasi



Boshlang‘ich to‘lov



Oylik to‘lov



25 000 000



18 750 000



6 250 000



696 817



30 000 000



22 500 000



7 500 000



836 180



35 000 000



26 250 000



8 750 000



975 544



40 000 000



30 000 000



10 000 000



1 114 907



45 000 000



33 750 000



11 250 000



1 254 270

Kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan mana bu erda  tanishishingiz mumkin.

Avtokredit olish uchun xarajatlar:

Boshlang‘ich to‘lov (oldi-sotdi narxining 25 foizi);
Mashinani mustaqil ekspertlar tomonidan baxolatish xarajati;
Oldi-sotdi xarajatlari (YaYFga to‘lov, davlat raqami, texpasport uchun yig‘im);
Sug‘urta xarajatlari;
Notarius xarajatlari va boshqalar.

(Eslatma: bozordan naqd pulga olsangiz bu to‘lovlarning aksariyati bo‘lmaydi, ammo agar naqd pulingiz bo‘lmasa, avtokredit eng maqbul variant)

Qulayliklari:
Mashina nomingizda bo‘ladi (yillab pul yig‘ib, dollar va salon narxi oshishini kutmay, 25 foizini to‘lab mashinali bo‘lasiz);
Turli holatlardan sug‘urtalangan bo‘ladi;
Oylik to‘lovlarni plastik karta, oylik-maosh hisob-raqamidan yoki naqd pulda to‘lash imkonining mavjudligi.

Mashina qulluq bo‘lsin!!!

Kreditga va plastik kartochkaga avtomobil olish mumkinligini bilasizmi?

Xurshida Maxmudova,  
AIT «Ipak Yo‘li» banki kredit bo‘limi 1-toifa mutaxassisi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Vrachlarga tug'ridan tugri bankning uzi kreditga moshina bera olmaydimi

xt 413 sonli patent bilan savdo sotiq qilayotgan fuqoro kiriditga mashina olishi mumkinmi


Добавить комментарий

avatar