Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

MAZ Evropa uchun avtobus ishlab chiqarmoqda

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 93
MAZ Evropa uchun avtobus ishlab chiqarmoqda

Poli past MAZ-203088 avtobusi shahar va shahar cheti yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan. Evro-6 talablariga javob beradi.

Minsk avtozavodi matbuot xizmati avtobus avvalboshdan Evroittifoq aholisiga atab chiqarilgani va ularga moslashtirib ishlanganini xabar qildi. MAZ-203088ga 320 ot kuchiga ega Mercedes-Benz dvigateli va 6 pog‘onali ZF avtomat quti o‘rnatilgan.

MAZ Evropa uchun avtobus ishlab chiqarmoqda

Salondagi qattiq konstruktsiyalarning cheti keng alyuminiy profillari bilan hoshiyalangan, qo‘l tutqichlari va o‘rindiqlari yangicha qiyofadadir. Shift paneli havo teng taqsimlanishini ta’minlaydi. Pol va yon devorlari qoplamasi avvalgi rusumlarnikidan yaxshiroq ishlangan.

Avtobusda salqinlatish va isitish tizimlari bor. Tormoz uzatmalari va osmani boshqarishning elektron tizimiga o‘tilishi avtobus yanada tekis harakatlanishini ta’minlaydi. Barcha elektron tizimlarga tashxis qo‘yish tarmog‘i mavjud.

MAZ Evropa uchun avtobus ishlab chiqarmoqda

Avtobus 95 yo‘lovchini oladi. O‘rindiqlari 26-30ta. Avtobusning “kniling” tizimi (bekatda avtobus egiladi) va apparel (salondan tushish va chiqishga mo‘ljallangan qiya ko‘prikcha) yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi. Ko‘pgina qismlari import qilib yasalganiga qaramasdan Evropadagi raqobatchilariga qaraganda ushbu avtobus 20 foiz arzonroq turadi.

MAZ so‘nggi yillarda eksportbop mahsulot tayyorlashga katta ahamiyat beryapti. O‘tgan oy Afrika mamlakatlari uchun yo‘ltanlamas avtobus ishlab chiqargan edi.

Aloqador xabar

MAZ Afrika uchun yo‘ltanlamas avtobus ishlab chiqardi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar