Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Icona Vulcano Titanium – yana bir qimmatbaho superkar

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 143
Icona Vulcano Titanium – yana bir qimmatbaho superkar

Icona kompaniyasi o‘z superkariga Vulcano Titanium degan hashamdor nom berdi.

Kompaniyaning internatsional jamoasi bu avtomobil ustida besh yil ishladi. “Ikona”ning dizayn-byurosi Turinda joylashganiga qaramay hozirgi paytda firmaning shtab-kvartirasi Shanxayga ko‘chdi. Endi Icona Vulcano superkarini qaysidir ma’noda Xitoyga nisbat bersak ham bo‘ladi.

Dastlab Icona Vulcano kontsept ko‘rinishida 2013 yilda Shanxay avtosalonida namoyish etilgan. Seriyali nusxasini esa shu yilning 1 sentyabr kuni Angliyada ko‘rishimiz mumkin.

Ilgari Nissan va Jaguar Land Rover bilan shug‘ullangan frantsuz dizayneri Samyuel Chyuffar mashina dizayni ustida ishladi. Dvigatelini italiyalik motorsozlar tayyorladi. Shassi va kuzovini loyihalash esa Italiyaning Tecnocad Progetti va Cecomp firmalarining chekiga tushdi.

Icona Vulcano Titanium – yana bir qimmatbaho superkar

Ikki o‘rindiqli superkarga 6,2 litrli sakkiz tsilindrli dvigatel o‘rnatiladi,  uning quvvati 670 ot kuchiga, aylantirish momenti 840 N∙mga teng. Motor Chevrolet Corvette C6 ZR1dan olingan. 2,8 soniyada yuz tezlikni zabt etadi, eng yuqori tezligi soatiga 355 km. Tormoz mexanizmlari karbon-keramikadan tayyorlangan. Salon alkantar bilan sayqallangan. Haydovchi qarshisidagi planshet yordamida mashina tizimini boshqarishi mumkin. Superkar 20 va 21 dyuymli sportcha disklarga ega.

Icona Vulcano Titanium qo‘lda yig‘iladi, buning uchun 10 ming soat vaqt lozim. Mashina juda noyob bo‘lgani tufayli aniq buyurtmachi uchun donalab yasaladi xolos.

Avtomobil bahosi 2,5 mln evro yoki 2,78 mln dollar. Ha, bu juda katta pul, ammo badavlat avtokollektsionerlar bu narxga qoshlarini ko‘tarishmaydi.

Icona Vulcano Titanium – yana bir qimmatbaho superkar

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar