Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Eski shinadan qanday qutulish kerak?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 129
Eski shinadan qanday qutulish kerak?

Yangi pokrishka sotib olgan haydovchi eskisini nima qilish haqida o‘ylanib qoladi. Bu galgi avtomaslahatimizni savol-javob yo‘sinida olib boramiz.



Nega eski shinalarni tashlab yuborish yaramaydi?

Sog‘lom fikrli har qanday odam shinani tashlab yuborish noma’qul ishligini tushunib etishi kerak. Chunki u tuproq va havoni 100-120 yil davomida ifloslantirishi mumkin! Aniqrog‘i, siz tashlab yuborgan shinadan evara-chevaralaringizgacha jabrlanishini tasavvur qilyapsizmi?

Bundan tashqari:



eski shinalarga chivin ko‘p o‘ralashadi (keyin sizni chaqadi), eski pokrishka uyumi esa kalamushlar makoniga aylanadi.



eski shinalar uyumi yonib ketsa, havo bir zumda quyuq zaharli dud bilan qoplanadi.

Eski shinadan qanday qutulish kerak?

1 tonna eski pokrishkani utilizatsiya qilganda yangi shina tayyorlash uchun 600 kg material olinadi.



Hamma shina utilizatsiya qilinadimi?

Javobi qiyin savol. Muammo shundaki, juda kam qismi utilizatsiyaga topshiriladi. Dunyo bo‘yicha bir yilda 7 mln tonna shina yaroqsizga aylanadi. Uning atigi 23 foizi utilizatsiyalanadi (O‘zbekistonda 20 foiz shina qayta ishlanadi).



Baribir shinani tashlab yuborsam nima bo‘ladi?

Tabiatni ifloslantirasiz. Ekologik va sanitar-epidemiologik talablarga rioya qilmaganingiz uchun jarimaga yo‘liqishingiz mumkin, qachonki, sizni tutib olishsa. To‘g‘ri, jarima katta emas, ammo pulni supurib olmassiz, harqalay.

Eski shinadan qanday qutulish kerak?



Eski pokrishkani qayoqqa olib boray?

Mamlakatimizning ko‘plab viloyatlarida bu masalaga katta e’tibor qaratilmaydi. Carzone.uz saytiga Toshkentdagi bir nechta firmalarda shina va rezina mahsulotlarini qayta ishlanishi ma’lum (havolani bosing). Poytaxtdagi shina-ta’mir zavodi avtoshinalar restavratsiyasi bilan shug‘ullanadi. Ular bilan bog‘lanishga, viloyatlardagi vositachilarini aniqlashga urinib ko‘ring.



Shina topshirib yana ustiga pul ham beramanmi?

Ha, ayrim eski shinalarni qabul qilish markazlarida bunday holat uchrashi mumkin. Agar pokrishkangizga mix kirib qolgan bo‘lsa, zavod agregatini buzmasligi uchun chiqarib tashlanadi. Bu ish qo‘lda bajariladi.

Bepul qabul qilishsa, pul to‘lashga urinmang



Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar