Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.08.2016

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 536
ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

 Zavodning o‘nlab avtorusum va yuzlab modifikatsiyalari orasida ko‘pchilikka notanish bo‘lgan avtomobillar ham uchraydi. Ular orasida engil avtomobil, avtobus va yuk mashinalarini topish mumkin.

1938 yilda yosh injenerlar Vladimir Kremenetskiy, Nikolay Pulmanov va Anatoliy Puxalin zavodning har kungi ishidan zerikib, Ittifoqda o‘xshashi yo‘q sport avtomobili yasashga kirishdi. Sport mashinasi ZIS-101 asosida yasaldi. Mashinaning sportcha qiyofasini gavdalantirishga rassom (dizayner atamasi mavjud emas edi) Valentin Rostkov jalb etildi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

ZIS-Sport 1938 yilning “shik-modern” uslubidagi mashina edi, deb ta’rif beradi mualliflar

Mashinani kechqurun asosiy ishdan keyin yasashgan. Injenerlar seriyali dvigatelning hajmi va quvvatini oshirib 141 ot kuchigacha etkazgan (ZIS-101ning eng kuchli motorining quvvati 116 ot kuchiga teng edi). Osmasiga ko‘ndalang barqarorlikni saqlovchi stabilizatorlar o‘rnatilgan. Ko‘p o‘tmay sportkarning ovozasi zavod direktori I.A.Lixachevning qulog‘iga etib borgan va komsomolning 20-yilligiga zavodning to‘yonalari safiga qo‘shgan.

Shundan beri zavod sport avtomobili tayyorlashga jiddiy kirishdi. Oldindan hisob-kitoblarga ko‘ra ZIS-Sport 180 km/soatlik tezlik cho‘qqisini zabt etishi kerak edi. Ammo Minsk shossesida mashina 162,4 km/soat tezlikka chiqdi. Shuning o‘zi ham yosh sovet mamlakati uchun juda katta gap edi. Yashil sport avtomobili ZIS XVII partkonferentsiyada Millatlar Uyi (Dom Soyuzov) foyesiga qo‘yildi. Buning uchun bir kechada binoning ko‘cha devorni buzib qayta qurildi. Davlatning avtomobilga bunchalik e’tibori bejiz emasdi, chunki o‘sha davrda SSRI sport avtomobili ishlab chiqarishini tasavvur etish qiyin edi. “Shik-modern” avtomobilining yagona nusxasi, aftidan, 1941 yilning kuzida evakuatsiya paytida yo‘qolgan.

Tinchlik istasang  urushga tayyorlan

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng zavod harbiy maqsadni esdan chiqarmadi va o‘ziga xos avtomobillar ishlab chiqarishga tutindi. Yirik shahar avtobuslari asosida sanitar mashinasi tayyorlaganini bunga misol qilish mumkin.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

ZIL-158 shahar avtobusi asosida yaratilgan sanitar avtomobili prototipi

1952 yilda Stalin nomli zavod DAZ-485 harbiy amfibiyasini yasashga kirishdi. Mashinani taniqli konstruktor Vitaliy Grachev ZIS-151 va BTR-152 mexanizmlari asosida yaratdi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

V. Grachevning ZIS-485 amfibiyasi

ZIS-485 shinalaridagi bosim rostlanish tizimiga ega bo‘lgan birinchi sovet avtomobili edi. 1957 yilda amfibiyani takomillashtirilib, ko‘prik va shinalari almashtirildi. ZIL-485A versiyasi esa 1959 yilda Bryansk zavodiga berildi.

270 ot kuchi bilan soatiga 270 km tezlikda

Urushdan so‘ng mamlakatni tiklash ishlari qanchalik tig‘iz bo‘lmasin, sport avtomobili yasashga vaqt ajratildi. 1951 yilda V. Rodionov va rassom V. Rostkov (ZIS-Sportni chizgan dizayner) ZIS-112ni tayyorlashdi. Ikki eshikli, uzunligi 3760 mm bo‘lgan avtomobilning peshonasida bitta farasi tufayli “Tsiklop” (bir ko‘zli maxluq) nomini oldi. Dastlab, mashinaga 140 ot kuchiga ega seriyali motor o‘rnatildi. Zavod poygachisi B. Kurbatov ZIS-112ga o‘tirib 188 km/soat tezlikda haydadi. Keyinroq Kurbatovning taklifi bilan mashina 3160 mmgacha kaltalashtirildi va 182 ot kuchiga ega motor qo‘yildi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

“Tsiklop” deb atalgan ZIS-112, 1951 yil

Shu davrda zavodning sport laboratoriyasida poyga avtomobillari ham yasaldi. 1956 yilda kuzovi quvurli karkasdan yasalib, elim shimdirilgan shishamatoga o‘ralgan ikkita ZIL-112/2 tayyorlandi. Mashinaning 8 tsilindrli 170 ot kuchiga ega motori bor edi. Ularning biri original dizaynli bo‘lsa, ikkinchisi amerikacha uslubni eslatardi. Ikkalasi ham SSRIning eng oldi mashinasi bo‘lgan.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

“Moskva” prototipi uslubidagi ZIL-112/3

Urushdan keyingi “Tsiklop” 1961 yilgacha o‘rnini saqlab qoldi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

1961 yilda “Tsiklop”dan ZIL-112/6 yasaldi (chapda). O‘ngda ZIL-112/4

Zavodning sportcha avtomobillari orasida eng peshqadami ikkita ZIL-112S rusumi bo‘lib, ular ham 1961 yilda dunyoga kelgandi. “Ferrari”ni eslatuvchi avtomobilga 6 va 7 litrli motorlar hamda “Chayka” GAZ-13 dvigateli o‘rnatilgan. Eng kuchli varianti 270 ot kuchiga ega bo‘lib, tezligini soatiga 270 kmga chiqargan, bu sovet avtosanoati uchun yuksak cho‘qqi edi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

Moskva zavodining eng mukammal sport avtomobili — ZIL-112S

Uzatmalar qutisi ZIS-110niki kabi uch pog‘onali, old osmasi “Volga”niki. Biroq ZILchilar original old tormoz diskini tayyorladi, bunaqasi sovet davrida bo‘lmagandi. 1967 yilga kelib ZILning sport laboratoriyasi yopildi. Injenerlarni hukumat avtomobillari yaratishdan chalg‘imasliklari kattalar uchun muhim edi.

Yuk mashina va limuzin chatishtirilganda

Darvoqe, engil avtomobillar tsexi yana bir g‘aroyib konstruktsiyaga mualliflik qilgan. Engil mashina g‘ildiraklari qo‘yilgan pakanagina yuk mashinasi ko‘pchilikda ajablanish uyg‘otishi tabiiy. Bu mashina ZIL-113G deb nomlangan, engil mashina motori va shassisiga ega, ammo kabinasi va soyabonli borti yuk mashinaniki kabi edi. Avtomobil 1959 yilda ZIL-157 kabinasi bilan dunyo yuzini ko‘rgan, keyinroq kabina ZIL-131nikiga almashgan. Uzoq masofalarga turli mayda-chuyda ashyolarni tashishda foydalanilgan. Soatiga 170 km tezlikda yurardi, ya’ni hukumat mashinalaridan tezlik borasida qolishmasdi. Qizig‘i shundaki, 1990-yillarda uni yalpi ishlab chiqarish to‘g‘risida mutasaddilar jiddiy bosh qotirib ko‘rdi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

Zavod injenerlarining kaltabaqay yuk mashinasi ZIL-113G

O‘rni kelganda 1961 yildan 1994 yilgacha ZIL-118, ZIL-119 va ZIL-3207 nomi ostida chiqarilgan “Yunost” (Yoshlik) lyuks mikroavtobuslarini eslab o‘tmasak bo‘lmaydi. So‘nggi modifikatsiyalari orasida e’tiborga moligi tomi baland ZIL-E118KV mikroavtobusidir. Moskvadagi shahar tez yordam stantsiyasida ikkita shunday mashina ishlagan. Aytgancha, ba’zi filmlarda ham ko‘zga tashlanib turardi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

Sanitar ZIL-E118KVning birinchi variati, 1978 yil

1990-yillarda kam tonna yuk tashiydigan avtomobil yaratishga kirishildi va lyuks mikroavtobus asosida ZIL-3302 pikapi paydo bo‘ldi. Pikapga muqobil sifatida ZIL-113G ko‘rib chiqildi. Kabinasi uchun ZILning boshqa varianti tanlandi. Shu tariqa ZIL-5301 “Bыchok” (Buqacha) dunyoga keldi.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

ZIL-3302ning tajribaviy namunasi

1990-yillarda bu rusumning ko‘p turdagi modifikatsiyalari ko‘rsatilgan, ammo aksariyati tajribaviy namuna edi. 1996 yilda Yu. Tumanov qo‘l ostidagi tsex ZIL-5302YuGni tayyorlagan. Ushbu prototip asosida oddiyroq ZIL-5302AL yasalgan. Evakuator sifatida ishlatilgan mashina 6100 kg yuk ko‘tarar, ammo juda kam nusxada ishlab chiqarilgan.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

G‘ildirak formulasi 6x2 bo‘lgan ZIL-5302 “Bыchok”

Sal oldinroq yana bir noodatiy “Buqacha” — ZIL-3313GO yasalgan. Uning kuzovidagi alohida sanitar bo‘lmasi uchta yotgan bemor va 5-7 nafar shifokorni sig‘dirardi. Mashina ZIL va AOOT NPO “Ekran” hamkorligida ishlab chiqarilgan.

ZIS va ZILning eng kamyob avtomobillari

ZIL-3313GO tajribaviy reanimobili

Ammo na tez yordam, na evakuator ZILga yordam beroldi. Avtokorxona so‘nggi yillarda chuqur inqirozga kirdi.

Aloqador maqola

ZILning bir asrlik qissasi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Zil

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar