Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

ZILning bir asrlik qissasi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 463
ZILning bir asrlik qissasi

Roppa rosa yuz yil oldin ZIL avtomobil zavodi tashkil etilgan. Unda Italiyaning FIAT 15 Ter yuk mashinalari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Ko‘p o‘tmay inqilob sodir bo‘ldi. Avtomobil zavodi qurib bitkazildi, kengaytirildi, nomi o‘zgardi. Avval Stalin, so‘ng esa Lixachyov nomli zavodga (ZIL) aylandi

Zavod yuk mashinalari va hukumat uchun limuzinlar tayyorlashdan tashqari turli davrlarda avtobus, harbiy vezdexod, hattoki, tank ishlab chiqargan.

ZILning bir asrlik qissasi

AMO F-15 yuk mashinasining dvigateli atigi 35 ot kuchiga egaligiga qaramasdan bir yarim tonna yukni soatiga 50 km tezlikda tashiy olardi. U FIAT 15 Ter mashinasining yaxshilangan varianti hamda SSRIning birinchi yuk mashinasi bo‘lgan. Ilk marotaba chiqarilgan qizil rangli 10 nusxasi 1924 yilda Qizil maydondagi paradda ishtirok etgan. Moskva zavodida uni ishlab chiqarish 1931 yilgacha davom etgan.

ZILning bir asrlik qissasi

30-yillarning birinchi yarmida yangi direktor Ivan Lixachev rahbarligi ostida zavod ikki marotaba rekonstruktsiya qilingan, maydoni kengaytirilgan, yangi tsex va konveyer qurilgan. Stalin nomidagi zavod endi yiliga 100 ming mashina ishlab chiqara olardi. Autocar-5S (AMO-3) litsenziyali yuk mashinasi uch tonnali ZIS-5ga almashgan. Bir sutkada konveyer shunday mashinadan 60ta chiqarardi. 1948 yilga qadar yarim milliondan ortiq yuk mashinalari tayyorlangan.

ZILning bir asrlik qissasi

Zavod faqatgina yuk mashinalari chiqarish bilan kifoyalanib qolmasdan etti o‘rindiqli muhtasham sovet limuzinini ham ishlab chiqargan. Kuzovini Amerikaning Budd firmasi jihozlagan va bu sovetlarga 1,5 mln dollarga tushgan. 1,5 mln dollar o‘sha davr kursida taxminan 3 mln rublga teng. 1936 yildan ishlab chiqarilgan 8 tsilindrli 5,8 litr hajmli motorga ega ZIS-101 o‘z davrining eng hashamatli avtomobili edi. Unda faqat amaldorlargina yurmas edi, kira va tez yordam mashinalari o‘rnida ham foydalanilgan.

ZILning bir asrlik qissasi

1939 yilda yosh injenerlar ZIS-101 asosida usti ochiq sportcha rodster tayyorladi. Mashinaning tashqi qiyofasi dizayner Valentina Rostkova eskizlari asosida tayyorlangan. Sakkiz tsilindrli motor 141 ot kuchini etkazib berar, osmasida ko‘ndalang barqarorlikni saqlovchi stabilizatorlar bor edi. Nazariy jihatdan ZIS-101A-Sport rusumining eng yuqori tezligi soatiga 180 km bo‘lishi kerak edi, ammo sinov paytida 162,4 km/soatga etgan xolos. Shunga qaramasdan, bu sovet ittifoqi avtomobillari orasidagi tezlik rekordi edi. Mashinaning yagona nusxasi bugungacha etib qelmadi.

ZILning bir asrlik qissasi

1948 yilda yangi hukumat limuzini ZIS-110 asosida SSRI oliy rahbarlari, xususan, Stalin uchun zirhli mashina ishlab chiqarila boshlandi. Ularning indeksi 115 yoki 110s edi. Kuzov panellari ostiga o‘qotar qurolan himoyalovchi vosita joylangan. Maxsus mashina shinalarining diametri kattaligi, turtib chiqqan qalpog‘i (kolpak) va tumanga qarshi uchinchi farasi bilan ajrab turardi. Zirhli avtomobilning vazni 4,3 tonna, birgina eshigining o‘zi 300 kg tosh bosardi. Kuchaytirilgan motori soatiga yuz km tezlikda mashinani harakatlantira olardi.

ZILning bir asrlik qissasi

60-yillar boshida ZIL konstruktorlari guruhi ZIL-111 limuzini shassisida kichik sinfga mansub avtobus yaratdi. Avtobuscha 17 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, limuzinning qulayligi unda mujassam edi. V8 dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan, kuzovining chor atrofida derazalar bor. ZIL-118 xorijliklarning ham e’tirofiga sazovor bo‘ldi: Nitsadagi xalqaro avtobus ko‘rgazmasida 9 mukofotga loyiq topildi. Bu SSRI avtosanoati tarixida o‘ziga xos rekord sanaladi.

ZILning bir asrlik qissasi

ZIL armiya uchun 30-yillardan boshlab vezdexod ishlab chiqargan. Ular orasida eng g‘aroyibi “Sinyaya Ptitsa” bo‘lib, erga qo‘ngan fazogirlarni qidirish va qutqarish uchun mo‘ljallangandi. Mashhur konstruktor Vitaliy Grachyov 70-yillar o‘rtalarida ramasi alyumindan, kuzovi shishaplastikdan bo‘lgan olti g‘ildirakli suzuvchi vezdexod yaratdi. Osmasi mustaqil, tubi erdan 590 mm balandda edi. Vezdexod ikki variantda chiqarilgan. ZIL-49061ning yo‘lovchi bo‘lmasi va unda tibbiy anjomlar, konditsioner, ehtiyot oziq-ovqat bor. ZIL-4906 esa g‘ildirakli mashina botadigan joyda yuruvchi shnekoxodni tashigan. Vezdexodlar ajralib turishi uchun yorqin ko‘k rangda bo‘lgan, “ko‘k qush” nomi ham shundandir.

ZILning bir asrlik qissasi

ZIL-130 yangi avlod yuk mashinasi 60-yillar boshida loyihalashtirilgan. U V8 benzinli motorga ega bo‘lib, 5 tonna yuk ko‘tarar edi. Zavod rekonstruktsiya qilingach, 1964 yildan ZIL-130 to‘laqonli ishlab chiqara boshlangan. Mashina bir necha marta modernizatsiyalandi. 1977 yilda 6 tonna yuk ko‘tara oladigan, tirkamasida esa 8 tonna yukni sudraydigan bo‘ldi. Uning turlicha variantlari mavjud bo‘lib, 1994 yilgacha 3 388 312 dona ishlab chiqarilgan. Shaharu qishloqlarimizda hanuzgacha yuk tashishda ishlatiladigan ushbu mashina sizga ham yaxshi tanish. Zotan zavodning eng ko‘p chiqargan mashinasi shu bo‘ladi.

ZILning bir asrlik qissasi

Kuzovi qirrador yangicha hukumat limuzini ZIL-114ni 1971 yildan ishlab chiqara boshlangan. 1986 yilda esa o‘zgacha dizaynli, to‘g‘ri burchakli qo‘sh farasi bor 41047 rusumi paydo bo‘ldi. Etti o‘rindiqli mazkur limuzin uzunligi 6339 mm bo‘lib, o‘sha zamon seriyali engil avtomobillarining eng uzuni bo‘lgan. Bundan tashqari eng og‘iri ham edi. Tasavvur qiling: shaylangan holatda vazni 3,5 tonnaga teng. 7,7 litrli V8 dvigatel 315 ot kuchiga ega, ammo yuz tezlikka 13 soniyada erishardi. 16 yil mobaynida atigi yuz ellikta ZIL-41047 ishlab chiqarildi.

ZILning bir asrlik qissasi

Chuqur inqirozda bo‘lgan korxona so‘nggi yillarda oyoqqa turdi. Oltinchi yig‘uv tsexining korpusida MSTs6 AMOZIL xususiy kompaniyasi o‘rnashgan bo‘lib, hukumat limuzinlarini kam nusxada ishlab chiqaradi, xizmat ko‘rsatadi va restavratsiya qiladi.

2007 yilda mudofaa Vazirligi Lixachyov nomidagi zavod bilan yangicha parad kabrioletlari yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Usti ochiq mashinaga 40441 indeksi berildi, V8 motori 350 ot kuchiga ega. Olti pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi AQShning Allison firmasiga tegishli. Bamperi va chiroqlarini tayyorlash Cardi firmasiga, taxlanuvchi tomini tayyorlash esa nemislarga buyurtma berilgan. ZIL-40441 kabrioletidan bor-yo‘g‘i to‘rttagina tayyorlangan. Ularning birini o‘sha vaqtda Ukraina prezidenti bo‘lgan Viktor Yanukoviya xarid qilgan. Beshinchi mashina MSTs6 AMOZIL avgust oyida Moskva avtosalonida namoyish etiladi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Zil

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar