Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

Qalbaki va original ehtiyot qismlarni farqlay olasizmi?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 473
Qalbaki va original ehtiyot qismlarni farqlay olasizmi?

Mashinani ta’mirlash uchun ehtiyot qism tanlash oson ish emas. Chunki tajribasiz kishi aldanib qolishi mumkin, shu bois ko‘pni ko‘rgan avtomexanik hamrohligida do‘kon kezgan ma’qul. Carzone.uz sayti original va qalbaki ehtiyot qismlarning farqlari, ularning tayyorlanishi xususidagi maqolasida xaridorlarga o‘z tavsiyalarini beradi.

Qalbaki va original ehtiyot qismlarni farqlay olasizmi?

Muqaddima o‘rnida

Avtomobil kafolat muddatini o‘tash mobaynida egasi ehtiyot qism g‘amini emaydi, chunki bir joyi tiq etsa, dilerning xizmat ko‘rsatish markaziga olib boradi. Shubhasiz, dilerlik markazlaridagi ehtiyot qismlarning barchasi originaldir, qalbakisini ishlatishga ularning haqqi yo‘q.

Ammo kafolat muddati tugagan sari avtomobil sohibining patagiga qurt tushadi, chunki mashinasiga qaerda xizmat ko‘rsatilishi muammosi ko‘ndalang bo‘ladi. Bizda keng tarqalgan echim bor: ustachilik bilan shug‘ullanadigan kamida 2ta tanishimiz orqali tegishli ustalarni topib mashinani tuzattiraveramiz. Chunki dilerning xizmat ko‘rsatish markazidagi narxlar qimmatlik qiladi. Yakka tartibdagi ustalar esa qanday ehtiyot qism ishlatishidan qat’i nazar cho‘ntakbopdir.

Original ehtiyot qismlar qanday bo‘ladi?

Bular konveyerda yig‘ilgan va rasmiy diler avtosaloniga etkazib berilgan komponentlardir. Hattoki, mashinaning moyi va turli suyuqliklarigacha original bo‘lishi mumkin. Ammo bularning barchasi aynan kompaniyaning zavodida ishlab chiqarilganligini bildiradimi? Yo‘q, albatta.

Mashinasozlik zavodi avtomobilni yig‘adi. Aniqrog‘ini aytganda, uning barcha qismlari va agregatlari shartnoma asosida turli zavodlarda ishlab chiqariladi. O‘rni kelganda eslab o‘tish kerakki, bu tajribani birinchi bo‘lib urushdan keyin yaponlar amalda qo‘llagan. Maqsad: ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kichigini ham qo‘llab-quvvatlash edi. Hattoki, oddiy faraning qismlari turli fabrikachalarda tayyorlangan va yig‘ilgan.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi kontsern, odatda, dilerlik xizmat ko‘rsatish markazini ehtiyot qismlar bilan o‘n yil davomida ta’minlab turadi. Shuning uchun, eskirib qolgan mashinaning ehtiyot qismlarini ham markaz omboridan tortinmay surishtirish mumkin.

Qanday ehtiyot qismlarni original deb ataymiz?



Yig‘uvchi konveyerga komponent etkazib beruvchi zavod tayyorlagan ehtiyot qismlarni.



Avtokontsern (ishlab chiqaruvchi korxonalar guruhi) qadoqlagan komponentni.



Shuningdek, avval foydalanilgan ehtiyot qismlarni ham bu ro‘yxatga qo‘shish mumkin (uning originalligini tasdiqlovchi belgisi bo‘lishi sharti bilan).

Original ehtiyot qismni qanday farqlab olsa bo‘ladi?



Ishlab chiqaruvchi firmaga tegishli (firmenniy) paketga joylangan bo‘ladi.



Paketdagi mahsulotda tegishli zavodga mansubligi tamg‘asi bo‘lishi mumkin (ammo qalbakisidan ehtiyot bo‘lish zarur)

Original bo‘lmagan ehtiyot qismlar qanaqa bo‘ladi?

Keling endi “original emas” ehtiyot qismlarni ko‘rib chiqamiz. Biz har bir avtokompaniyaning ko‘plab ehtiyot qism etkazib beruvchi korxonalari borligini bilib oldik. Siz “aftermarket” so‘zining ma’nosini bilasizmi? Aftermarket deb zavod konveyeriga komponent etkazib beruvchi korxona tomonidan tayyorlangan, ammo o‘z distribyutorlari orqali erkin savdoga olib chiqilgan ehtiyot qismga aytiladi.

Darvoqe, alohida ehtiyot qismlari do‘koni faqat sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida uchraydi. Butun dunyoda avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar savdosi avtoservisning bir bo‘lagi sanaladi.

Aftemarket ehtiyot qismlari konveyerga kiruvchi ehtiyot qismlarga nisbatan sifatsizroq bo‘ladi, degan qarash ustun. Buning sababi bor. Albatta, komponentsoz zavod mahsulotlari ustidan sifat nazorati o‘rnatiladi. Ammo avtomobilsoz zavodda ehtiyot qism ikkinchi marotaba sifat tekshiruvidan o‘tadi, demak bu mahsulot ishonchliroqdir.

Masalan motor shamlarini (svecha) olaylik. Original motor shamlari xuddi shu marka belgisi tushirilgan paketlardagi “egizak”laridan sifatliligi bo‘yicha baribir ajralib turadi.

Bu qonuniyat ko‘plab mahsulotlarda amal qiladi. Masalan yapon kontsernlariga podshipnik etkazib beruvchi zavod Yaponiyada joylashgan. Ammo ikkilamchi bozorni xuddi shunday podshipnik bilan ta’minlovchi beshta zavod Xitoydadir.

Qalbaki va original ehtiyot qismlarni farqlay olasizmi?

Dublikat (analog, o‘xshash) va original bo‘lmagan ehtiyot qismlar

Sarlavhadagi tushunchalarni bir-biridan ajratib olish uchun tasniflaymiz.



Aftermarket (konveyer uchun chiqarilgan) ehtiyot qismlar.



Boshqa korxonalar ishlab chiqargan (konveyer uchun emas) ehtiyot qismlar.



Monobrendlar.



Qayta upakovkalovchilar.

Birinchi va ikkinchi toifalarning orasidagi farq oz.

Monobrendlar so‘nggi yillarda diqqat markaziga ko‘tarildi. Kam tanilgan biror brend o‘zini mashhur brend nomidan (masalan, yapon yoki nemis brendi) taqdim etishi foyda keltiradi. Mahsulot firma yorlig‘i tushirilgan paketga solinadi. Masalan paketda “Tokyo, Japan” yozuvi tushirilgan, hatto korxona manziligacha keltirilgan. Ammo u aslo Yaponiyada ishlab chiqarilmagan.

Qayta upakovkalovchilar zavodlar buyurtmasini bajarmaydi, ammo korxonalar bilan katta shartnomalar tuzadi. Xuddi “firmenniy” mahsulot singari o‘ralgan upakovkada umuman boshqa korxonaning mahsuloti bor.

Qay birini tanlamoqchisiz?

Tanlash ixtiyori doimo sizda. Agar original mahsulotning shaydosi bo‘lsangiz, qalbakilaridan saqlanish uchun darhol rasmiy dilerga uchrashni maslahat beramiz. Narxlar qimmatroq bo‘lishini e’tiborda tuting.

Agar upakovkadagi nom uchun ortiqcha mablag‘ sarflashni istamasangiz aftermarket ehtiyot qismlari siz uchun eng mos. Ammo bunda qalbakilaridan ehtiyot bo‘lish kerak. Sotuvchidan tovar sertifikatini so‘rang, internetdagi avtomobilga oid forumlarda brend to‘g‘risida foydalanuvchilarning fikrlarini o‘qing. Ha, bunga ortiqcha vaqt sarflaysiz, ammo pulingizni tejab qolasiz.

Qisqa satrlarda

Maqolamizning oxirida faktlarga asoslangan qisqa qoidalarni sanab o‘tamiz. Bularni doimo esda tuting.



Original atalgan ehtiyot qismlarning hammasi ham original emas.



Ayrim dublikatlar originaldan qolishmaydi.



Nomi chiqmagan ba’zi brendlarning mahsuloti taniqli brendlarnikidan sifatliroq.



Xitoyda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarning hammasi ham sifatsiz emas.



Har doim ham tejashni o‘ylamang.



Muqobil variant hamisha topiladi.

Qalbaki va original ehtiyot qismlarni farqlay olasizmi?

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar