Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

Nissan spirtga yuradigan mashina yaratdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 119
Nissan spirtga yuradigan mashina yaratdi

Nissan Motor kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib qattiq oksidli yonilg‘i elementiga (SOFC) ishlaydigan avtomobilni taqdim qildi. Iyun oyida kompaniya tajriba o‘tkazayotgani to‘g‘risida ma’lum qilgan, oradan ikki oy o‘tib texnologiya sinovga tayyor bo‘ldi. Avtomobil toza etanol yoki suv aralash spirt iste’mol qiladi. Sinov ishlarini o‘tkazish uchun Braziliya tanlangani bejiz emas, chunki bu erda bioetanol ko‘p ishlab chiqariladi.

Nissan spirtga yuradigan mashina yaratdi

SOFC elementlari e-Bio Fuel-Cell tizimining yuragi sanaladi. U spirtni vodorodga aylatirib so‘ng kislorod bilan birlashtiradi va elektr toki ishlab chiqaradi.

SOFC yacheykalari 5 kVt quvvat beradi, shuningdek, 24 kVt•soat sig‘imli batareyasi bor. Batareyani elektr tarmog‘idan zaryadlash mumkin. 30 litr spirt sig‘diradigan bak va litiyli batareya yordamida mashina 600 kmdan ziyod yo‘l bosadi.

Nissan prezidenti Karlos Gon spirtli elektrokarning afzalligi haqida so‘zlayotib “suv aralashtirilgan etanol boshqa yonilg‘i turlaridan xavfsizroqdir”, dedi.

Aytish kerakki, Braziliyada etanol (E100) quyish shoxobchalari anchagina. U benzindan bir yarim barobar arzon turadi. U yuz foizli spirt atalsa-da, asli 96,5 foiz etanol va 3,5 foiz suvdan tarkib topgan. Chunki spirt juda gigroskopik modda bo‘lib, kontsentratsiyasini yanada oshirishning iloji yo‘q. Ammo spirt va suv nisbatining o‘zgarishi e-Bio Fuel-Cell tizimiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Nissanchilar ushbu texnologiya 2020 yildan savdoga chiqishini aytmoqda.

Nissan spirtga yuradigan mashina yaratdi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Nissan

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar