Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

Birinchi svetofor qaerda va qachon o‘rnatilgan?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 224
Birinchi svetofor qaerda va qachon o‘rnatilgan?

1914 yilning 5 avgust kuni AQShda jahonda birinchi bo‘lib elektrli svetofor ishga tushirilgan. Klivlend chorrahalaridan biriga o‘rnatilgan svetoforning qizil va yashil ranglari bo‘lib, uni maxsus budkadagi politsiyachi boshqarib turardi.

Svetofor yo‘l xavfsizligi nuqtai nazaridan baholaganda nodir ixtirolardan biri sanaladi. Ammo 5 avgust svetoforning tug‘ilgan kuni deb hisoblamaydiganlar ham bor.

Ular 1868 yilning 10 dekabrida Londondagi Parament binosi yonida eng birinchi svetofor o‘rnatilgan deb hisoblashadi. Ammo ushbu qurilma ko‘proq temir yo‘lchilarning semaforini (ko‘rsatkichi ikki tarafga yo‘nalgan simyog‘och) eslatadi. Bizga tanish ko‘rinishli svetofor esa yuqorida keltirilganidek AQShda birinchi bo‘lib dunyoga kelgan.

1920 yildan boshlab AQShda uch rangli svetoforlar o‘rnatila boshlangan. Evropada esa eng avval 1922 yilda Parijda o‘rnatilgan. Rossiyada 1930 yilning 15 yanvarida svetofor paydo bo‘lgan.

Ko‘plab mamlakatlarda svetofor ranglari yonidagi qo‘shimcha tabloda rang o‘zgarishigacha qolgan vaqt ko‘rsatib turiladi. Ko‘zi ojiz odamlar uchun mo‘ljallangan svetoforlar esa ranglarga mos ovoz (yoki musiqa) eshittiradi. Germaniya va Niderlandiya davlatlarida piyodalar o‘tish yo‘lagiga yumshoq rezina plastinkalar yotqizilgan va svetofor rangiga mos holda o‘zgarib piyodani ogohlantiradi.

Aloqador xabarlar

Smartfon ishqibozlari uchun maxsus svetofor o‘rnatildi

Qaysi davlat poytaxtida atigi 9ta svetofor bor?

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar