Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.08.2016

Mahalla hovlilari va yo‘llari beton qilinmoqda

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 136
Mahalla hovlilari va yo‘llari beton qilinmoqda

3476848

[/i]Share to Facebook [/i]Share to Twitter [/i] [/i] [/i] [/i]

Sputniknews-uz.com‘ning xabariga ko‘ra, Toshkent tumanlarida birin-ketin ko‘p qavatli binolar hovlilarini beton qilish boshlandi, deb xabar bermoqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov.

Uning so‘zlariga qaraganda, poytaxtda ushbu jarayon ikki yil oldin boshlangan. O‘tgan davr mobaynida 33 ming kvadrat metr hudud beton bilan qoplandi. Undan tashqari yana 5 ming kvadrat metr ushbu yil oxiriga qadar beton bilan qoplash rejalashtirilgan.

“Biz kelajakda ham ushbu ishni faol davom ettiramiz. Bizni davlat qo‘llab quvvatlamoqda. Bizga imtiyozli kreditlar berilmoqda, etakchi milliy ishlab chiqaruvchilardan tsementni tannarxida sotib olayapmiz”, — dedi tuman ma’muriyati rahbari.

Kvartallar ichidagi yo‘llarni va ko‘p qavatli uylar hovlilarini beton qilish, bir necha sabablarga ko‘ra asfaltdan ko‘ra afzalroq. Oxirgi yillar davomida Toshkentdagi shoh ko‘chalar qayta ta’mirlanib yangilangan, lekin mahallalar ichidagi yo‘llar o‘z holicha qolib ketgan edi.

Vaziyatni o‘zgartirish uchun ushbu hovli va kichik yo‘llarni beton bilan qoplashga qaror qilingan. Bunga sabab beton narxi asfaltdan ko‘ra arzonroq va beton yo‘l asfaltga qaraganda ancha ko‘p yil xizmat qiladi. Ushbu ishni amalga oshirish uchun maxsus texnika ham sotib olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Toshkentda Mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan maxsus aktsiya bo‘lib o‘tmoqda. Obodonlashtirishga bag‘ishlangan 50 kun aktsiyasi davomida hovlilar va 275 mahalla yo‘llari ta’mirlanmoqda.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar