Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.07.2016

Bristol Cars firmasi Bullet spidsteri bilan hayotga qaytdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 143
Bristol Cars firmasi Bullet spidsteri bilan hayotga qaytdi

Britaniyaning Bristol Cars kompaniyasi besh yil ilgari faoliyatini to‘xtatgan va Kamkorp Group ixtiyoriga o‘tgan edi. Kompaniya faoliyatini yana jonlantirdi va ikki o‘rindiqli Bristol Bullet avtomobilini ishlab chiqarib 70 yillik to‘yi tadorigini ko‘rmoqchi.

Bristol Bullet spidsterining uzunligi 4200, kengligi 1860, bo‘yi 1200, g‘ildiraklar bazasi 2553 mm. To‘la vazni 1250 kg. Spidsterga BMWga xos V8 dvigateli o‘rnatilgan, 374 ot kuchiga ega, aylantirish momenti 490 N·m.

Bullet “o‘q” deganidir. “O‘q” 3,8 soniyada yuz tezlikka chiqadi, eng yuqori tezligi 250 km/soat.

Bristol Cars firmasi Bullet spidsteri bilan hayotga qaytdi

Avtomobil Chicherstardagi zavodda qo‘lda yig‘iladi. Atigi 70 nusxa tayyorlanadi. Birinchi qur mashinalar 2017 yil yanvarida mijozlarga jo‘natiladi. Avtomobilning boshlang‘ich bahosi 250 ming funt (300 ming evro atrofida).

Kuzov panellari karbonplastikdan ishlangan. Salonga tabiiy charm sirilgan. Sensor displeyli, smartfon bilan Bluetooth va Wi-Fi orqali bog‘lanadi, raqamli radioga ega.

Bristol Cars firmasi Bullet spidsteri bilan hayotga qaytdi

Autocar nashri xabariga ko‘ra, Bristol Cars faqat benzinli mashina ishlab chiqarmoqchi emas. Kelgusidagi avtomobillari yangi platformada elektr va gibridga moslanadi.

Bristol Cars 1945 yilda tashkil etilgan. Birinchi avtorusumini 1946 yilda ishlab chiqargan. Lyuks sinf avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mashinalarini juda kam miqdorda, faqat qo‘lda yig‘adi.

Carzone.uz izohi: Spídster (ing. speedster) deb tomi va yon oynalari yo‘q, ikki o‘rindiqli sportcha avtomobilga aytiladi. Tamoman sportcha uslubi va orqadagi buklanadigan qismi yo‘qligi bilan rodsterdan farqlanadi. Hozirgi kunda spidsterlarning tomi va yon oynalari yo‘q, old oynasi juda past ishlanadi. Shuningdek, rodster, kabriolet yoki targa kuzovli avtomobillarning sportcha xususiyatini urg‘ulash uchun ham spidster deya atashadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar