Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.07.2016

Mercedes-Benz birinchi elektrli yuk mashinasini taqdim etdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 300
Mercedes-Benz birinchi elektrli yuk mashinasini taqdim etdi

Tesla Motors yuk mashinalari tayyorlashni boshlagach, Mercedes markasiga qarashli Daimler kontserni raqobatda yutqazgisi kelmadi va birinchi elektrli yuk mashinasini yaratdi. Og‘irligi 26 tonna bo‘lgan mashina Germaniyaning Shtutgartida namoyish etildi. Uning nomi Mercedes-Benz Urban eTruck bo‘lib, shahar sharoitida yaqin masofalarga yuk tashish uchun mo‘ljallangan. Bunday avtomobil qatnovidan shaharliklar mamnun bo‘lishi turgan gap, chunki elektromobil havoni ifloslantirmaydi va shovqinsiz yuradi.

Mercedes-Benz birinchi elektrli yuk mashinasini taqdim etdi

Urban eTruck to‘la zaryadi bilan 200 km yo‘l bosadi. Injenerlar sinov ishlarini kuzdan boshlaydi. Ammo yalpi ishlab chiqarilishiga vaqt erta, bu kelgusi o‘n yillik rejasi tarkibidadir.

Kompaniyaning press-relizida 2025 yilgacha akkumulyatorlar narxi anchagina pasayishi, bu esa unumdor va sig‘imi yuqori batareyalar ishlab chiqarilishiga imkon yaratishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu muddatga qadar infrastruktura tayyor bo‘lib, elektrli yuk mashinalari yalpi ishlab chiqara boshlanishi mumkin.

Avvalroq, Tesla Motors birinchi elektrli yuk mashinasini yaratayotgani haqida xabar bergan edik. Rus mashinasozlari ham zamondan ortda qolmaslik uchun KamAZ asosida elektrli yuk mashinasi tayyorlashga kirishgan.

Mercedes-Benz birinchi elektrli yuk mashinasini taqdim etdi

Tesla

Mercedes-Benz birinchi elektrli yuk mashinasini taqdim etdi

KamAZ

Elektrli yuk mashinalarni joriy etish hudud bo‘ylab zaryadlash stantsiyalari tarmog‘ini barpo etishni taqozo qiladi. Shuning uchun germaniyalik injenerlar ham, rossiyalik injenerlar ham tez orada elektrli yuk mashinalari ko‘payib ketishiga va’da bermayapti.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Mercedes Benz

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar