Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

2040 yilda kompyuterlarning elektrga talabi taklifdan oshib ketadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 123           Дата: 26-07-2016, 21:27          
2040 yilda kompyuterlarning elektrga talabi taklifdan oshib ketadi

Bugungi kunda kompyuterlar inson hayotiga shunchalik chuqur kirib kelganki, zamonaviy dunyoni ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Sotilayotgan shaxsiy kompyuterlar va leptoplar soni tobora ortib borishi barobarida ularning elektr quvvatini iste'mol qilish hajmi ham avvalgiga qaraganda sezilarli o'sgan. Agar, bular hisobiga yirik server fermalari hamda superkompyuterlarni ham qo'shadigan bo'lsak, ular birgalikda elektr quvvatini go'yo “qora tuynuk”lar kabi yamlayotgani ayon bo'ladi.

Yaqinda, yarimo'tkazgichlar ishlab chiqaruvchilar Assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan hisobot, ko'pchilik mutaxassislarni o'yga toldirdi: yaqin kelajakda biz o'z kompyuterlarimizni elektr quvvati bilan ta'minlay olamizmi?

1990 yildan beri, mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi 19ta etakchi kompaniya ekspertlaridan iborat komissiyasi, so'z yuritilayotgan texnikaning elektr quvvati iste'moliga oid o'ziga xos xaritasini tuzib keladi.

Bugungi kunda, ushbu uyushmada mikrochiplar ishlab chiqaruvchi 4ta kompaniya – Intel, TSMC, Samsung va Global Foundries qolgan. Mazkur tashkilotning so'nggi hisoboti esa, kishida birmuncha tashvish uyg'otmay qolmaydi. Unga ko'ra, 2040 yilga kelib, insoniyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi kompyuterlar talabini qoplay olmaydi. Uni siz quyidagi diagrammada ko'rishingiz mumkin.

2040 yilda kompyuterlarning elektrga talabi taklifdan oshib ketadi

Insoniyat shunday bir nuqtaga yaqinlashmoqdaki, bir paytlar Jordon Mur taxmin qilganidek fizika emas, balki iqtisodiyot kompyuter texnologiyalarining keyingi rivojini to'xtatishi mumkin. Hozirgi davr jahon kompyuter infratuzilmasi, dunyo elektr quvvatining sezilarli qismini “hazm” qilib yubormoqda.

Shunga ko'ra, ekspertlarning fikricha, 2040 yilda insoniyat kompyuterlarning elektrga bo'lgan talabini qondira olmaydi. Bundan keyin nima bo'lishini esa, bashorat qilish mushkul vazifa. Albatta, bular shunchaki ilmiy ehtimollar nazariyasi bo'lib, ular har doim ham o'z tasdig'ini topavermaydi. Biroq, mutaxassislar haq bo'lib chiqadigan bo'lsa, unda hozirdanoq yo kompyuterlardagi qurilmalarni o'zgartirish lozim, yoki energiya ishlab chiqishning samarali yo'lini topishi darkor.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн