Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

LG OLED televizorlarida shimoliy yog'duning jonlantirilishi butun dunyo bo'ylab katta shov-shuvga sabab bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 125           Дата: 22-07-2016, 22:06          

40ta OLEDtelevizorlardan 330 million piksellar ajoyib shimoliy yog'duni namoyish qildi. Kompaniyaning muvaffaqiyati videoning 12 million marta ko'rilishi va yuz minglab OLEDtelevizorlar hamda musiqa muxlislarining ishtirokida yaqqol namoyondir.

Reykyavik (Islandiya)dagi Xarpa kontsert zalida betakror OLED televizion texnologiyasini qo'llab-quvvatlash maqsadida «Chiroqlar o'chirilsin, yulduzlar yoqilsin» shiori ostida ajoyib kampaniya nihoyasiga etdi, unda islandiyalik etakchi musiqachilar - Ásgeir, GusGus va ÓlafurArnalds guruhlari ishtirokida katta kontsert dasturi bo'lib o'tdi. Kampaniyaning maqsadi – xalqaro auditoriyaga LG premium-klassidagi 4K OLED televizorlari yordamida Islandiya osmonida beqiyos shimoliy yog'duni namoyish qilishdan iborat bo'lgan. Bu kampaniya videosi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan 12 million marta ko'rilgan hamda 360 000 onlayn-ishtirokka sabab bo'lgan.

LG OLED televizorlarida shimoliy yog'duning jonlantirilishi butun dunyo bo'ylab katta shov-shuvga sabab bo'ldi

«Chiroqlar o'chirilsin, yulduzlar yoqilsin» kontserti islandiyalik shoir va yozuvchi Andri Magnason hamda UnboxTherapy’dan youtube-blogger Lyuis Xilsentegerlarning kirish so'zlari bilan boshlandi. Shundan so'ng Ásgeir, GusGus i ÓlafurArnalds musiqachilari Islandiyaning shimoliy yog'du translyatsiya qilinayotgan OLED ekranlar fonida kuy chalishdi. Musiqachilar ortida 40ta OLED televizorlarda namoyish etilayotgan tasvir va videolar (330 million pikseldan ortiq) minglab mehmonlarda unutilmas taassurotlarni kafolatlab, Xarpa kontsert zalidagi betakror muhitni to'ldirdi.

LG G6 OLED televizorlaridan iborat OLED Galereyasi ko'rgazmasi o'sha erning o'zida 20 noyabrgacha bo'lib o'tib, unda taniqli island suratkashlarining ajoyib 4K fotosuratlari namoyish qilinadi. Ko'rgazma ochilgan vaqtidan boshlab ommaning e'tiborini jalb qildi. Zamonaviy televizorlarda shimoliy yog'du, vulqon portlashlari, yovvoyi tabiat, muzliklar va boshqalarning suratlari aks ettiriladi.

Kampaniya g'oyasi 10 yil avval Reykyavikda sodir bo'lgan voqea natijasida paydo bo'lgan. 2006 yildagi shimoliy yog'du mavsumida islandiyalik shoir va yozuvchi Andri Magnason uzoq vaqt davomida ilk marotaba shahardagi tungi osmon go'zlalligidan birgalikda bahra olish uchun Reykyavik aholisiga birlashishni taklif qilgan. Magnason poytaxt aholisining shimoliy yog'du va yulduzlarni mutloq qora fonda ko'rishini istagan. OLED televizorlarning mutloq qora rangdagi foni kontrastga urg'u beradi va yanada jonli tasvirlar hosil bo'lishiga olib keladi. LG kompaniyasining OLED televizorlari LED yorug'lik zaruratini tug'dirmaydigan, o'z-o'zidan yoqiladigan piksellar bilan ta'mirlangan. OLED televizorlari bu yorug'liksiz ham yorqin va boy rang palitrasi bilan uyg'unlikda mukammal qora ranglarni bera oladi.

LG OLED televizorlarida shimoliy yog'duning jonlantirilishi butun dunyo bo'ylab katta shov-shuvga sabab bo'ldi

«Chiroqlar o'chirilsin, yulduzlar yoqilsin» shiori ostidagi tadbirni qo'llab-quvvatlash maqsadida LG kompaniyasining Facebook tarmog'idagi sahifasida Reykyavikdagi kontsertga chiptalar o'ynaldi. Tanlovda AQSh, Hindiston, Frantsiya, Germaniya, Shvetsiya va BAA kabi bir qator mamlakatlarning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ishtirok etishdi. Bularning orasidan 8 nafar g'olib tanlab olindi. Bundan tashqari kampaniyaning reklama roligi 15 iyulga qadar 12 million marta ko'rildi va iyul oyining boshida Advertising Age jurnali fikricha, eng yaxshi virusli videolar o'ntaligiga kiritilgan.

«Biz Islandiyadagi tadbirimizning shu qadar mashhur bo'lgani hamda butun dunyodan ko'plab foydalanuvchilarni qiziqtira olganidan behad xursandmiz, - deya ma'lum qildi LG Home Entertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon. – Televizion texnologiyalar sohasidagi yangiliklarimiz bizga 2013 yildayoq dunyo bozoriga ilk 55 dyuymli OLED televizorni taqdim etish imkonini berdi. Etakchi pozitsiyalarimiz bizga yangi OLED qatorlarini yaratishda yordam beradi, bu esa 2020 yilgacha yillik sotuv hajmini kutilganidek ikki barobar ko'payishiga olib keladi. Biz bundan buyon ham texnologiyamizni yanada yaxshilashga doir ijodiy g'oyalarni amalga oshirishga harakat qilamiz. «Chiroqlar o'chirilsin, yulduzlar yoqilsin» kampaniyasi noan'anaviy yondashuv qanday qilib kompaniyaga yangi auditoriyani jalb qilishi hamda OLED’ning barcha ustunliklari bilan yaqindan tanishtirishiga ajoyib namuna bo'la oladi».

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031