Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10 yoshli bola Pokemon GO o'yini sabab uyidan qochib ketdi

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 658           Дата: 22-07-2016, 12:18          
10 yoshli bola Pokemon GO o'yini sabab uyidan qochib ketdi

Shotlandiyalik 10 yoshli Kayl Makinter onasi smartfondan uning sevimli o'yini - Pokemon GO ilovasini o'chirib tashlagandan so'ng uydan qochib ketdi. Bu haqida BuzzFeed nashri ma'lum qildi.

Bolaning opasi Stefani kichik yoshli cho'ntak mahluqlari ovchisining ustidan kulib, uning qochishi tasvirga tushirilgan videoni Twitter'da namoyish qildi.

10 yoshli bola Pokemon GO o'yini sabab uyidan qochib ketdi

Rolikda Stefani ukasi qanday qilib uydan qochib ketganiga izoh beradi. "U o'zining futbolda qo'lga kiritgan axmoqona medallarini va boshqa buyumlarini olib, buvimiznikiga qochib ketdi! Uchrashguncha, Kayl!", - deydi u.

10 yoshli pokemonlar ovchisining harakatlari Twitter foydalanuvchilari orasida katta muhokamaga sabab bo'ldi. Biri "U hammadan yaxshi bo'lishni istagan" deb unga achinib qo'ysa, boshqasi "O'ylashimcha, u pokemon ustasi nomi uchun olg'a qadam qo'ydi", - deb hazillashib qo'ydi.

Opasining so'zlariga ko'ra, hozirda Kayl Pokemon GO o'yinini qayta o'rnatgan, lekin uyga qaytishdan hanuz bo'yin tovlamoqda. Bola uyga qachon qaytishi haqidagi savolga mag'rur holda "Hech qachon" deya javob bermoqda.

Pokemon GO — Android va iOS bazasidagi gadjetlar uchun to'ldirilgan reallik elementlari bo'lgan o'yin. Bunda o'yin ishtirokchilari o'zlarining smartfonlari bilan shahar bo'ylab harakatlanib, pokemonlarni izlashadi va ularni virtual pokebollar yordamida tutishadi. Qo'lga olingan personajlarni mashq qildirib, boshqa o'yinchilar bilan kurash tashkillashtirish mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Tulqin.19902303.uz


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031