Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Infiniti muhandislari ichki yonuv dvigateli borasida inqilob yasashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 377           Дата: 19-07-2016, 21:04          
Infiniti muhandislari ichki yonuv dvigateli borasida inqilob yasashdi

Yaponiyaning Infiniti avtomobilsozlik kompaniyasi QX50 krossoverining yangi avlodini yonilg'i aralashmasini siqishning o'zgaruvchan darajasiga ega yangi dvigatel bilan ishlab chiqaradi. Gap bu erda, o'zgartirilgan elektronika va yoki yonilg'ini taqsimlash mexanizmi haqida ketayotgani yo'q. Balki, ichki yonuv dvigatellari yuqori klapanli motorlarga aylanganidan beri ro'y bermagan o'zgarish haqida bormoqda.

Infiniti muhandislari ichki yonuv dvigateli borasida inqilob yasashdi

Nissanning yangi dvigateli egri valiga o'ziga xos mezon kiydirilgan. Uning chap tomoniga elektromotor yordamida boshqariladigan shatun biriktirilsa, o'ng tomoniga elektromotor bilan boshqariluvchi mezon dastagi (richag) o'rnatiladi. Dastakning harakati shatunning egri valga nisbatan holatini o'zgartiradi va amalda yonilg'i aralashmaning siqilish darajasining o'zgarishiga olib keladi.

Bunday motorning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo'lib, har qanday yuklama va aylanishlarda birdek samaralidir. Nissan/Infiniti muhandislarining fikricha, buni oddiy tilda, 4 tsilindrli motordan hozirgi kundagi zamonaviy V6 dvigatelining quvvatini olish mumkin, deya tushintirsa bo'ladi. Yangi motor tejamkorligi jihatidan dizelli motorlar bilan raqobatlasha oladi.

Infiniti muhandislari ichki yonuv dvigateli borasida inqilob yasashdi

Saab SVC motori tsilindrining yuqori qismi siqilish darajasini kamaytirish uchun tepaga ko'tarilishi mumkin edi. Buriluvchi sharnir (sariq tusda) tsilindrdan chapda.

Albatta, yaponlardan avval, bir paytlar shu kabi dvigatelni seriyali ishlab chiqishga Shvetsiyaning Saab firmasi biroz yaqinlashgan. Biroq, shvedlarning namunasida, tsilindrlar blokining ustki va quyi qismlari bir-biriga nisbatan harakatlanar edi. Bu erda krivoship-shatun mexanizmining tuzilishi o'zgarishga uchragan.

Saab SVC motori tsilindrining yuqori qismi siqilish darajasini kamaytirish uchun tepaga ko'tarilishi mumkin edi. Buriluvchi sharnir (sariq tusda) tsilindrdan chapda.

Infiniti muhandislari ichki yonuv dvigateli borasida inqilob yasashdi

Aytish joizki, bevosita mexanik aloqaga ega bo'lmagan rul boshqaruvi tizimi namunasidan so'ng, motorlarning yangi liniyasi Infiniti kompaniyasining asosiy innovatsiyalaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

Bunga boshqaruvda yordam berish texnologiyalari ham qo'shiladi. Bu texnologiyalar, Infiniti modellarida Nissan mashinalariga qaraganda avvalroq o'rnatiladi. Shu bilan birga, o'n yillik oxirigacha, yapon «avtopilot»i svetofor ishoralarini tushinib, chorrahalarda harakatlanishni o'rganib oladi.

Infiniti QX50 krossoverining o'ziga hozircha so'nggi mexanik ishlov berilmoqda. U bir qarashda QX Sport Inspiration kontseptining soddalashtirilgan namunasiga o'xshab ketsa, QX50ning ichki ko'rinishi Infiniti Q60ni yodga soladi.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн